Buxoro yangiliklari

Buxoro tumani hokimligida gender tenglik mavzusi

photo 01 30

Loading

Ishbilarmon, xayr-saxovat va mehr-muruvvat elchisi, ta’lim va ma’rifat homiysi, rassom, badiiy dizayner, bosh murabbiy… Asli Samarqand shahrida tug‘ilib voyaga yetgan, yurtimizda Tibbiyot kollejida tahsil olib, hamshira sifatida 2004-yildan Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati bo‘limida mehnat qilgan, uning 2006-yildan e’tiboran butun taqdirini o‘zgartirib yuborgan Angliya safari va keyinchalik Buyuk Britaniyaning London shahridagi “Highgate region” ingliz tili maktabida tahsil olish bilan birga Buyuk Britaniyaning konservativ partiyasi a’zosi, Lordlar Palatasining umrbod a’zosi Muhammad Shayx bilan taqdir bog‘langan Guli Xonim Shayxga berilgan ta’riflar bu.

Joriy yilning 2-aprel kuni Buxoro tuman hokimligi majlislar zalida Guli Xonim Shayx tumandagi tadbirkor ayollar hamda o‘qituvchilar bilan uchrashib gender tenglik mavzusida ma’ruza kildi.

Guli Xonim Shayx o‘z so‘zida “So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonlaridan xotin-qizlar masalalariga, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoit yaratilayotganligi, oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda” deb alohida ta’kidladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.