Islom
Kim Qur’on o‘qisa, umrning oxirida zaif holatga tushmaydi
Alloh taoloning irodasiga muvofiq, har bir jonzotning tug‘ilgan kuni o‘limi sari qo‘yilgan dastlabki qadami hisoblanadi. Bu yo‘lda u bir necha bosqichni bosib o‘tadi. Bu borada Alloh taolo O‘zining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda: “Alloh sizlarni yaratgandir. So‘ngra U sizlarni vafot ettiradi. Sizlardan ba’zilar bilimli bo‘lgandan so‘ng hech narsa bilmasligi uchun umrning eng zaif davriga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir”, deydi (Nahl surasi, 70-oyat). Demak, inson qariganida jismoniy va aqliy zaiflikka qaytishi bor ekan.
Bu haqda ba’zi olimlar: “Inson umri to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi”, deganlar:
Birinchi bosqich “nushu’ va numuv”, ya’ni o‘sish va ulg‘ayish bosqichi bo‘lib, tug‘ilganidan 33 yoshgacha davom etadi. Bu voyaga yetish davrining eng cho‘qqisi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich “vuquf”, ya’ni turg‘unlik bosqichi bo‘lib, 33 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu insonning eng kuchga to‘lgan va aqli kamolga yetgan bosqichidir.
Uchinchi bosqich “kuhulat”, ya’ni yetuklik bosqichi bo‘lib, 40 yoshdan 60 yoshgacha davom etadi. Bu davrda inson kuchdan qola boshlaydi, biroq bu zaiflashish yashirin tarzda kechadi.
To‘rtinchi bosqich “shayxuxa va inhitot”, ya’ni keksayish, aqliy va jismoniy tanazzul hamda noqislik bosqichi bo‘lib, 60 yoshdan umrining oxirigacha davom etadi. Bu davrda qarish va kuchdan qolish alomatlari ochiq-oydin ko‘zga tashlana boshlaydi.
Mazkur oyati karimaning tafsirida Ikrima roziyallohu anhu: “Kim Qur’on o‘qisa, umrning eng zaif holatiga tushmaydi”, deganlar.
Mufassirlar bu so‘zni shunday izohlaydilar: “Kim Qur’on o‘qib, unga amal qilsa, mazkur darajaga erishadi. Shuningdek, ilmiga amal qiladigan olimlar ham qariganda aqliy zaiflikka duchor bo‘lmaydilar. Aksincha, ularning yoshi ulg‘aygan sari ilm-ma’rifati va aql-zakovati ortib boraveradi”. Darhaqiqat, oriflarning eng hikmatli va yuksak darajadagi so‘zlari ko‘pincha umrlarining oxirida aytilgan so‘zlar bo‘ladi.
Haqiqatan ham, hayotda buning ko‘plab misollariga guvoh bo‘lamiz. Bundan tashqari, Qur’onga amal qilib yashagan ulug‘ zotlarning qabrlari ayrim sabablarga ko‘ra ochilganida, ularning jasadlari chirimagan holatda topilganiga ham bir necha bor guvoh bo‘lingan.
Biz ham Ikrima roziyallohu anhuning ushbu bashoratlaridan umidvor bo‘lib, hayotimiz davomida Qur’oni Karim tilovatini va uning ahkomlariga amal qilishni odat qilsak, umrning eng zaif holatiga tushmasligimizga hamda ikki dunyo saodatiga erishishimizga sabab bo‘lsa, ajab emas. Omin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


