Buxoro yangiliklari

Buxorodan Samarqandga ko‘chib, chekka tuman maktabida dars berayotgan oila

photo 215

Loading

“Buxorodan Samarqandning olis hududiga borib dars o‘tish uchun ustama yagona sabab emas” — kichik maqolamiz Buxorodan Samarqandning olis hududiga borib dars o‘tayotgan oila haqida.

Mahoratli pedagoglar boshqa viloyatdan kelib ishlasa 100%, boshqa tuman (shahar)lardan kelib ishlasa 50% maxsus ustamalar to‘lanihi haqida qaror qabul qilinganidan xabardordirsiz, albatta.

Bugungi qahramonimiz Buxoro viloyatidan Samarqandning olis hududidagi Nurobod tumani, 54-maktabga borib ishlayotgan o‘qituvchilar oilasi. Ularning ikkalasi ham 1-toifali o‘qituvchilar sanaladi.

photo 2021 04 06 15 16 20

– Avval Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi maktablardan birida ishlaganman. O‘zim ham, turmush o‘rtog‘im ham ingliz tili fanidan dars beramiz. Nuroboddagi maktabda ingliz tili fanidan o‘qituvchi yo‘qligini tanishlarimiz orqali xabar topdik. Turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashib ish faoliyatimizni shu maktabda davom ettirishga qaror qildik. Berilayotgan ustamalar bizni olis masofadan kelib, shu yerda ishlashimiz uchun qiziqtirgan yagona sabab emas. O‘qituvchilik kasbiga hurmat, qolaversa, olis va chekka hududlarda ham bolalarni ingliz tilini o‘rganishi uchun yordam berish uchun kelganmiz. Maktab jamoasi bizni yaxshi kayfiyat bilan kutib oldi. O‘quvchilarda ingliz tilini o‘rganishga qiziqish juda kuchli. O‘quv yili yakunlanishiga hali biroz muddat bor. O‘ylaymanki, biz o‘quvchilarga iloji boricha ko‘proq bilimlarni berishga ulguramiz, – deydi oila boshlig‘i Farrux Murodov.

Farrux Murodovning turmush o‘rtog‘i Nargiza Kuvonova avvaliga olis hududdagi ta’lim maskaniga borib ishlashga biroz ikkilandi. Begona joyga tezda moslashib ketish uni biroz xavotirga tushirdi. Lekin o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyilik undagi xavotirni osongina yengib o‘tdi.

Bu haqida qahramonimiz Nargiza Kuvonova shunday deydi:

– Boshida turmush o‘rtog‘im bu maktabga kelib ishlash taklifini aytganida biroz ikkilanganman. Begona joy, notanish sharoit. Lekin kasbimizga bo‘lgan sadoqat bizni bu yerga boshladi. Qishloq ahli bizni iliq kutib olishdi. Maktabga yaqin xonadonga joylashdik. Maktab jamoasidagi va yashash xonadonimizda bizga nisbatan samimiy munosabat bizni uzoq yillar mazkur maktabda ishlashimiz uchun ishtiyoq bermoqda. Maktabda o‘quvchilarning ingliz tilini chuqur o‘rganishiga yordam berayotganimdan juda xursandman. Bizga shunday imkoniyat yaratib bergan barchadan minnatdormiz.

Nafaqat maktab rahbari Salima Rustamova, balki butun qishloq aholisi o‘qituvchilar oilasi mazkur ta’lim maskanida ish boshlaganidan juda xursand.

photo 2021 04 06 15 16 26

– Maktabimiz viloyat markazidan qariyib 150 km uzoqdagi Arg‘on qishlog‘ida joylashgan. Rostini tan olib aytaman, bizda ta’lim sifati yuqori emas. O‘qituvchilarimizning ham kasbiy mahorati yetarli emas. Uzoq yillardan beri maktabda ingliz tili fani o‘qituvchisi yo‘q edi. Shu sabab ingliz tili fani o‘tilmas, bu holat ota-onalar o‘rtasida ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lardi. Maktabimizdagi ana shu muammo o‘z yechimini topdi. Joriy yilning mart oyidan boshlab, bilimli, yosh, intiluvchan o‘qituvchilar oilasi Buxoro viloyatidan kelib, maktabimizda ish boshladi. Bugungi kunda qishloq aholisi bu o‘qituvchilarning darslaridan juda xursand. Ular bizni jamoaga tez moslashib ketdi. Eng muhimi, o‘quvchilarimiz ingliz tilini o‘zgacha ishtiyoq bilan o‘rganishmoqda. Yosh o‘qituvchilar o‘quv yili davomida o‘tilmay qolgan barcha mavzularni imkon qadar yetkazib olishga harakat qilishmoqda, –deydi maktab direktori Salima Rustamova.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.