Buxoro yangiliklari
Buxoro xalqaro aeroportida hududidagi katta bino auksionga qo‘yildi
Buxoro xalqaro aeroportida restoran yoki savdo majmuasi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan yirik tijorat obyekti ochiq elektron auksion savdosiga chiqarildi. Tadbirkorlar ushbu imkoniyatdan “E-auksion” platformasi orqali foydalanib, obyektni ijaraga olishlari mumkin.
Binoning umumiy maydoni 2492,8 kvadrat metrni tashkil etadi. Yillik ijaraning boshlang‘ich narxi (QQSsiz) 3,589 milliard so‘m qilib belgilangan. Ijara shartnomasi 36 oy muddatga tuziladi va belgilangan tartibda uzaytirish imkoniyati mavjud.
Auksionda ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 3-iyul soat 09:00 gacha qabul qilinadi. Savdolar o‘sha kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Savdo qoidalari bo‘yicha, auksion davomida lotning boshlang‘ich narxi kamida 5 foizga oshib borishi mumkin. Ijarachiga qo‘yiladigan talablar, obyektdan foydalanish shartlari va boshqa batafsil ma’lumotlar “E-auksion” platformasida e’lon qilingan.
Qayd etish joizki, Buxoro xalqaro aeroporti so‘nggi yillarda faol rivojlanmoqda va mintaqaga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Aeroport hududidagi tijorat obyektlarini ijaraga berish nafaqat tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, balki yo‘lovchilar va mehmonlar uchun qulay xizmatlar ko‘rsatishni ham kengaytiradi. Restoran yoki savdo majmuasi ochish orqali tadbirkorlar aeroportning yuqori o‘tish qobiliyatidan foydalanib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlari mumkin.
Savdolarda ishtirok etishni istagan tadbirkorlar “E-auksion” rasmiy platformasiga kirib, ro‘yxatdan o‘tishlari va kerakli hujjatlarni taqdim etishlari lozim: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23985485
Batafsil ma’lumotlar va hujjatlar ro‘yxati platformada mavjud.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


