Buxoro yangiliklari
Buxoroda 27 kg nasha va marixuana giyohvandlik vositasi aniqlandi
Respublikamiz bo‘ylab keng ko‘lamda olib borilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida navbatdagi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida taqiqlangan ekinlarni yetishtirish va giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Tomorqadagi yashirin “plantatsiya”
G‘ijduvon tumanining “Xavzak” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u o‘z tomorqasida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv natijasida quyidagi ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi:
- 35 tup – og‘irligi salkam 20 kilogramm bo‘lgan ekilgan holatdagi nasha (kannabis) o‘simliklari;
- 49 tup – og‘irligi 7 kilogrammdan ortiq bo‘lgan quritilgan holatdagi kannabis o‘simliklari;
- Salkam 82 gramm – marixuana giyohvandlik vositasi;
- 2 ta gugurt qutisi – nasha o‘simligining urug‘lari.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Suriishtiruv harakatlari davomida gumonlanuvchi ushbu taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda yetishtirib, o‘z yashash manzilida saqlab kelganini tan olgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlari fuqarolardan agarda shubhali shaxslar, ularning nojo‘ya xatti-harakatlari yoki giyohvandlik bilan bog‘liq faoliyat xususida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lishsa, zudlik bilan maxsus aloqa kanallari yoki ishonch telefonlariga xabar berishlarini so‘raydi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


