Jahon
Eronda Ali Xomanaiy bilan xayrlashuv marosimlari boshlandi
Eronda mamlakat oliy rahnamosi Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari boshlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tehronda o‘tkazilayotgan motam tadbirlarida millionlab fuqarolar hamda qariyb 30 davlatdan kelgan yuqori martabali delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
30 ga yaqin davlat delegatsiyasi tashrif buyurdi
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bagoiyning ma’lum qilishicha, marosimlarda kamida sakkiz davlat va hukumat rahbari, shuningdek, 12 mamlakat parlamenti spikerlari qatnashadi. Ayni paytda Iroq, Afg‘oniston va Pokiston delegatsiyalari allaqachon Tehronga yetib kelgan.
Eron davlat OAV xabariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev boshchilik qiladi. Xitoy esa Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari darajasidagi vakilni yuboradi. Shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Ummon, Qatar, Misr, Kuba va boshqa qator davlatlar delegatsiyalari ham marosimlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Motam tadbirlari olti kun davom etadi
Eron hukumati olti kunlik motam dasturini e’lon qilgan. Xayrlashuv marosimlari avval Tehrondagi «Grand Mosalla» majmuasida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng marosimlar Qum shahrida davom etadi, Iroqning Najaf va Karbalo shaharlarida diniy marosimlar tashkil etiladi. Yakuniy dafn marosimi esa Mashhad shahrida, Imom Rizo maqbarasi yaqinida bo‘lib o‘tadi.
Motam tadbirlari munosabati bilan Tehron, Qum va Mashhad shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Ayrim davlat va xususiy muassasalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi, shahar markazlarida transport harakati cheklanadi, Tehron osmoni esa ma’lum muddatga qisman va to‘liq yopiladi.
Yevropa davlatlari taklif etilmadi
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bagoiyning aytishicha, marosimlarga Yevropaning biror davlati rasmiy taklif olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari yuzasidan «nomaqbul pozitsiya» tutgan davlatlarni tadbirlarga taklif qilmagan.
Mojtaba Xomanaiy hali ham jamoatchilik oldida ko‘rinmadi
Eron OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ali Xomanaiyning o‘g‘li va vorisi Mojtaba Xomanaiy otasi halok bo‘lgan hujumdan buyon omma oldida ko‘rinish bermagan. Manbalarga ko‘ra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning asosiy marosimlarda ishtirok etishi ehtimoli past baholanmoqda.
AQSh bilan muzokaralar vaqtincha to‘xtatilgan
Xabarlarga ko‘ra, motam davri yakunlangunga qadar Eron va AQSh o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar to‘xtatilgan. Ularni dafn marosimlari yakunlangach qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Tehronga tashrif buyurgan ko‘plab xorijiy delegatsiyalar norasmiy diplomatik uchrashuvlar uchun ham imkoniyat yaratishi mumkinligi aytilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


