Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (11.07.2026)
2026-yilning 11-iyul, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kunning birinchi yarmida qisqa muddatli stress holatini boshdan kechirishingiz mumkin. Bu holatdan nari bo‘lish uchun mayda-chuyda muammolarni yurakka yaqin olmasligingiz lozim
Buzoq (21.04 — 21.05)
Juftingiz bilan shaxsiy tashvishlarni orangizga ko‘ndalang qo‘ymagan taqdirdagina iliq munosabatlar saqlanib qolishi mumkin. Undan hech shubhalanmang.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun ertalabdan faqat aqlni ishlatgan holda ish ko‘ring. Emotsiya, tuyg‘ularga aslo bo‘ysuna ko‘rmang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ovqatlanish ratsioningizdan yog‘li, achchiq va sho‘r taomlarni chiqarib tashlang. Aks holda jigar va oshqozoningizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi turgan gap.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz o‘zingiz kutganingizdek yengil kechmaydi. Sababi, birinchi navbatda hanuz qarshingizda ko‘ndalang turgan moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishingiz zarur bo‘ladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kechqurun oila qurishga ulgurmagan do‘stlarimiz romantik uchrashuvga otlanishlari kutiladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat o‘z kuchingizga tayanib harakatlar sodir eting. O‘zgalarga yordam so‘rab murojaat etishingiz foyda bermaydi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Qachonlardir bajargan ishingiz evaziga bugun kunning ikkinchi yarmida moddiy manfaat olishingiz mumkin. Aniqrog‘i, plastik kartochkangizga pul kelib tushadi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda o‘zingizni zamonaviy, madaniyatli, tartibli inson sifatida tuting. Bahslarga, janjalli suhbatlarga aralashmaganingiz ma’qul.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ishxonada ishlaringiz juda katta tezlik va bosimda ado etilishi kutilmoqda. Hamkasblarga ko‘mak berish, yo‘l-yo‘lakay rahbariyat topshiriqlarini bajarishga ham ulgurasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Katta pulga ega bo‘lish haqidagi orzularingiz buguncha haqiqatdan uzoqroq bo‘lishi mumkin. Har ishning o‘z vaqt-soati bor-da, sabr qilsangiz, bir kun albatta bu orzu ham ushaladi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish bugun samara bermaydi. Ijodiy ishlar esa baroridan keladi. Ayniqsa, ijod ahlining kuni tug‘adi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


