Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (24.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 24-iyul, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugungi daromadingiz amalga oshirgan ishlaringiz soni va sifati bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, siz ertalabdan belni mahkam boylab ishga sho‘ng‘ishingiz kerak bo‘ladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
barcha ishlarni yig‘ishtirib qo‘yib, chin ko‘ngildan dam olishni ixtiyor qila boshlaysiz. Agar shunday bo‘lib chiqsa, dam olishni ham sog‘lig‘ingizga foyda beradigan tarzda tashkil eting.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ish, mavqe va muhabbatda bugun sizga teng keladigani bo‘lmaydi. Beraman desa shu-da, birvarakayiga beradi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kunning birinchi yarmida ayrim do‘stlarimiz juda ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishlari ehtimoli bor. Agar o‘z vaqtida chorasini ko‘rmasangiz, hatto yaqin do‘stlar ham sizni bu vaziyatdan olib chiqib ketolmasliklari mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)
Tafakkurni, kayfiyatni bugun ertalabdanoq jilov ostiga oling. Emotsiyani o‘zingizga bo‘ysundiring-u, ortingizdan g‘iybat toshini otuvchilarga yuzni ters buring.

Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun omad va baxt quyoshi shu qadar yorqin nur socha boshlaydiki, ko‘z ochishga qo‘ymasligi mumkin. Bu nafaqat siz, balki yaqin kishilaringiz uchun ham haqiqiy bayramga aylanadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ancha oldin unutilib ketgan hodisalarni qayta yodga oling. Ana shunda ishingiz ham baroridan kela boshlaydi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kun davomida orzuingizdagi insonni uchratasiz.

Chayon (24.10 — 22.11)
Boshlamoqchi bo‘lgan har bir ishni oldindan puxta rejalashtirib oling. Rejasiz omadga erishish mushkul kechadi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun moliyaviy manfaat, maqsadlarni bir chetga surib xotirjamlik sari intiling. Oiladagi yaqinlaringiz bilan janjallashgan bo‘lsangiz, yarashish tadorigini ko‘ring.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Hamma ish sizga itoat etgan holda silliq hal bo‘la boshlaydi. Salomatlikni yanada yaxshilash niyatingiz bo‘lsa, zararli odatlarni tashlashga harakat qiling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kuningiz romantikaga boy bo‘lishi kutilmoqda. Oila qurmaganlar kimnidir yoqtirib qolishadi-yu, barcha ko‘ngilsizlik, muammolarni unutishadi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun moddiy jihatdan ham, shaxsiy hayotda ham o‘zingizni erkin tutishga harakat qiling. Hech narsani o‘ylamang, qayg‘urmang.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.