Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (07.08.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 7-avgust, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun hayotingizda yorqin hodisalar ko‘zga tashlanmaydi. Barchasi tinch, osudalikda kechadi. Siz uchun xuddi shunday osudalik kerak.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Qiz-juvonlar birinchi navbatda tashqi ko‘rinishlariga e’tibor berib qo‘ysalar yomon bo‘lmasdi. Anchadan beri bir obrazda qolib ketgansiz. Shu sababli hayot zerikarli tuyila boshlashi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Oila qurmaganlar kunning birinchi yarmida ko‘plab yangi tanishuvlarni boshdan kechirishlari mumkin. Siz ular orasidan o‘zingiz uchun bo‘lg‘usi juftni ham tanlab olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
O‘zingiz sezmagan holda ishda, shaxsiy hayotda katta yordam bera oluvchi insonlar sari talpina boshlaysiz. Ular sizni qanchalar hurmat qilishi, sevishini ana shunda ilg‘ay boshlaysiz.

Arslon (24.07 — 23.08)
Moddiy ahvolingiz havas qiladigan darajada emas. Demak, zudlik bilan qo‘shimcha daromadli ish topishingiz kerak. Ijod va san’at bilan shug‘ullanish ham sizga ziyon keltirmaydi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ertalabdanoq muhabbat tuyg‘usi qalbingizni bezovta qila boshlashi kutiladi. Oila qurmaganlar olomon orasidan o‘z idealidagi insonni qidirib topish payida bo‘ladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ertalab tushkun kayfiyatda uyqudan uyg‘onishingiz mumkin. Lekin bu barchaga qo‘pol munosabatda bo‘lish, janjal chiqarish degani emas.

Chayon (24.10 — 22.11)
Atrofdagilar siz paydo bo‘lishingiz bilan yurakdan quvona boshlashadi. Go‘yo siz o‘ta mashhur yulduzsiz-u, sizni qarsaklar, olqishlar bilan qarshi olishadi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kuningiz juda unumli kechadi. Hamkasblar qarshisida miyangizga quyilib kelgan yangi g‘oyalar bilan qancha maqtansangiz arziydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tadbirkorlar anchadan beri zimdan yovlik qilishdan tiyila olmayotgan raqobatchilar bilan yuzma-yuz ko‘rishib, muammoni hal etishlari zarur bo‘ladi. Aks holda ularning yovligi kuchaya boraveradi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ayrimlar kun avvalidanoq anchadan beri rejaga kiritgan olis o‘lkalarga sayohat uyushtirish harakatiga tushadi. Agar shu reja amalga oshsa, azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylangan bo‘lardi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Baliq burji ostida tug‘ilganlar shu qadar ajoyib muvaffaqiyatlarga erishadiki, ishxonadagi hamkasblarning ba’zilari hasaddan ich-etini yeydi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.