Buxoro yangiliklari

Quvondiq Ro‘ziyev faoliyatini “Buxoro” jamoasida davom ettiradi

futbol transfer
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Rasman, Quvondiq Ro‘ziyev “Buxoro” jamoasi futbolchisiga aylandi. Jamoa transfer oynasining so‘nggi kunida tajribali futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda “Buxoro” futbol klubi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Birinchi davrada “Navbahor” safida to‘p surgan yarim himoyachi “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Quvondiq Ro‘ziyev 1994-yilda tavallud topgan. U faoliyati davomida “Lokomotiv”, “Turon”, “Qo‘qon-1912”, Malayziyaning “Sri Pahang”, “Neftchi” hamda “Navbahor” klublari safida o‘ynagan va 300 dan ortiq rasmiy bellashuvda maydonga tushgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi uning tajribasi hamda mahorati jamoaning yangi marralarni zabt etishi, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatishi va yutuqlarini mustahkamlashida muhim rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.

“Buxoro” klubi Quvondiq Ro‘ziyevni jamoa oilasiga qutladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.