Buxoro yangiliklari
Jondordagi 90 o‘rinli bog‘cha 3,7 milliard so‘mga rekonstruksiya qilinmoqda
![]()
Jondor tumanining “Istiqlol” mahallasida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadallashdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va bolalar uchun zamonaviy, qulay ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratishga qaratilgan loyiha uchun davlat budjetidan 3 milliard 700 million so‘m ajratilgan.

Rekonstruksiya yakunlangach, 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun zarur sharoitlar yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun tegishli infratuzilma shakllantiriladi.

Obyekt Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi buyurtmasi asosida barpo etilmoqda. Loyiha “BUX CITY GROUP” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan, qurilish-montaj ishlarini esa “SARDOR BUNYODKOR PLYUS” MCHJ amalga oshirmoqda.

Loyiha “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi oilalarning maktabgacha ta’lim xizmatlariga ehtiyojini qondirish, bolalarni qamrab olish darajasini oshirish va ular uchun munosib ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish imkoniyatini kengaytiradi.



-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


