Jahon
Indoneziyada Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi
Indoneziyada O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi tashabbusi bilan qurilgan Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi.
Xabarga ko‘ra, masjid O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi Eko Shri Margianti tashabbusi bilan qurilgan bo‘lib, masjid Gunadarma universiteti arxitektor talabalari tomonida loyihalashtirilgan. Mazkur masjid ochilishida Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov onlayn tarzda nutq so‘zlab, Indoneziya musulmonlari tomonidan ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriy nomiga masjid barpo qilinishi ikki xalq o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashini e’tirof etdi. Masjid ochilishida O‘zbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Roziqulov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi hamda masjid uchun esdalik sovg‘alari hadya qildi.
Qayd etilishicha, masjid O‘zbekistonda mavjud arxitektura yechimlari asosida barpo etildi. Masjid naqshlari Shohi Zinda ziyoratgohidan andoza olingan bo‘lsa, g‘ishtlarini terishda Buxorodagi Poyi Kalon masjidiga o‘xshash tarzda yondashilgan. Old tarafida Hastimom masjidida mavjud minoralar kabi ikki minora qad rostlagan. Ushbu masjidning ochilishi Prezidentning «Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi famoni doirasida Indoneziyada O‘zbekistonning boy islomiy merosini targ‘ib qilishga xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, Indoneziya Respublikasida ziyorat turizmini targ‘ib qilish borasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Musulmonlar idorasi, Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiya markazi va ziyorat turizm elchisi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi