Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (29.08.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

2026-yilning 29-avgust, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

♈️ Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kechqurun muhabbatda oila qurmaganlardan kimdir aldanib qolishi mumkin. Bu restoran yoki kafega taklif etish amali bilan boshlanadi.

♉️ Buzoq (21.04 — 21.05)

Hayotingizda ba’zi voqealar sizga zerikarlidek tuyila boshlaydi. Biroq aslida unday emas. Kayfiyatingiz kechirishingiz lozim bo‘lgan kunga moslashishi zarur. Shunda bu tuyg‘u sizni tark etadi.

♊️ Egizaklar (22.05 — 21.06)

Ertalab ishxonadami, ko‘chadami g‘alati bir odam bilan tanishib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo bu odam kelgusida sizga juda kerakli shaxsga aylanishi mumkinligini unutmang.

♋️ Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Shaxsiy hayotda ko‘ngilsizliklarga duch kelmaslik uchun sabrli va xotirjam bo‘lishingiz talab etiladi. Iloji boricha uydagilarga muloyim munosabat yuriting.

♌️ Arslon (24.07 — 23.08)

Pullaringizni ehtiyot qiling. Ayniqsa, jamoat transportida harakatlanish jarayonida firibgar va kissavurlarga yo‘liqishdan saqlaning.

♍️ Parizod (24.08 — 23.09)

Kimdir sizni nima bilandir aybdor qilishga urinib ko‘radi. Bunday vaziyatdan do‘stlar va tafakkur ko‘magidagina chiqib keta olasiz.

♎️ Tarozi (24.09 — 23.10)

Tarozining ikki pallasi teng bo‘lishiga erishish uchun intiling. Shunday ishlarga qo‘l uringki, six ham, kabob ham kuymasin.

♏️ Chayon (24.10 — 22.11)

Moliyaviy jihatdan jar yoqasida qolishni xohlamasangiz, o‘z kuch va imkoniyatlaringizni astoydil ishga soling. Aqlni peshlang. O‘tgan kunlarda ishlab topilgan pullarni tejang.

♐️ O‘qotar (23.11 — 21.12)

Shaxsiy hayotingizga o‘zingizcha yangiliklar kiritishga urinmang. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishingiz, bu xato juda qimmatga tushishi mumkin. Sevgan insoningiz uchun kun davomida vaqt ajrating.

♑️ Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kunning birinchi yarmida oilangizdagilar yoki do‘stlar bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Ajablanarlisi, bu janjalda sizni ayblay boshlashadi.

♒️ Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Qayerda bo‘lmang, yurish-turishingizni, emotsiyani nazorat qila bilishingiz zarur. Hatto toqqa borib dam olsangiz ham o‘zingizni juda ehtiyotkor tuting.

♓️ Baliq (20.02 — 20.03)

Uyingizga u qadar uzoq bo‘lmagan yerga borib dam olsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Qarindosh-urug‘lar bilan uchrashib suhbatlashish sizga muammolardan qisqa vaqtga bo‘lsa-da chalg‘ishda yordam beradi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.