Buxoro yangiliklari

Buxoroda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonida saqlash tariflari belgilandi

bux 29 21 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyatida qonun hujjatlari buzilgani uchun ushlangan transport vositalarini maxsus to‘xtash joyiga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlarining cheklangan tariflari tasdiqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tariflar viloyat hokimining 2026-yil 26-avgustdagi 409-2-0-Q/26-son qarori bilan belgilangan. Qaror qabul qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi va Buxoro viloyati hududida amal qiladi.

Buxoro viloyati hokimining transport vositalari bo‘yicha qarori, birinchi sahifa

Maxsus to‘xtash joyida mototransport vositasini saqlashning har bir soati uchun QQSsiz 600 so‘m, QQS bilan 672 so‘m tarif belgilandi. Yengil avtomobil uchun bu miqdor mos ravishda 1 165 so‘m va 1 300 so‘mni tashkil etadi.

Buxoro viloyati hokimining transport vositalari bo‘yicha qarori, ikkinchi sahifa

Mikroavtobus va 10 tonnagacha bo‘lgan maxsus yuk transport vositalarini bir soat saqlash QQSsiz 2 000 so‘m, QQS bilan 2 240 so‘m etib belgilandi. Tirkamali yuk maxsus texnikalari ham kiradigan 10 tonnadan yuqori katta gabaritli transport vositalari uchun esa soatlik tarif QQSsiz 3 000 so‘m, QQS bilan 3 360 so‘m bo‘ladi.

Evakuatsiya va saqlash xizmatlari tariflari jadvali

Transport vositasini maxsus to‘xtash joyiga evakuatsiya qilish xizmati dastlabki 15 kilometr uchun QQSsiz 143 000 so‘m, QQS bilan 160 160 so‘m qilib belgilangan. Keyingi har bir kilometr uchun QQSsiz 4 700 so‘m yoki QQS bilan 5 264 so‘m hisoblanadi.

Transport vositasi 30 kundan ortiq saqlansa, 31-kundan boshlab cheklangan tarifning 70 foizi qo‘llanadi. Saqlash muddati 90 kundan oshgan hollarda esa 91-kundan boshlab cheklangan miqdorning 50 foizi hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.