Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida ko‘p kvartirali uylar yonidagi noqonuniy qurilmalar demontaj qilindi

bux 30 15 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro shahrining To‘qimachi mahallasida shaharsozlik qonunchiligi talablariga zid ravishda barpo etilgan noqonuniy qurilmalar aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Hududiy inspeksiya xodimlari mulkdorlarga noqonuniy qurilmalarni belgilangan tartibda bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar bergan. Belgilangan muddatda tegishli choralar ko‘rilmagach, inspeksiya mas’ullari hamkor tashkilotlar ko‘magida qurilmalarni demontaj qildi.

Buxoro shahridagi noqonuniy qurilmalarni demontaj qilish natijasi

Nazorat ishlari Alpomish ko‘chasidagi 5/1-uyda ham davom etdi. Mazkur ko‘p kvartirali uyning 9–10-xonadonlari yonida aniqlangan noqonuniy qurilmalar olib tashlandi.

Alpomish ko‘chasidagi noqonuniy qurilmalarning oldingi va keyingi holati

Xuddi shu manzildagi 17–25-xonadonlar atrofida ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlar aniqlanib, ular belgilangan tartibda bartaraf etildi.

Inspeksiya fuqarolardan ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanish joylari va ularga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini olib bormaslikni, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘radi. Nazorat reydlari viloyat hududlarida davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.