Buxoro yangiliklari

Vobkentda yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 8 nafar o‘smirga ID-karta berildi

bux 30 21 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Vobkent tumanida hokimlik va ichki ishlar bo‘limi hamkorligida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, otaliqqa olingan hamda probatsiya hisobida turgan yigit-qizlar ishtirok etdi.

Vobkent tumanida yoshlar bilan uchrashuv

Tadbir doirasida bandligi ta’minlanmagan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda ish izlayotgan yoshlarga hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

Vobkentdagi yoshlar uchrashuvi ishtirokchilari

Yarmarka qatnashchilariga ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etilib, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tushuntirildi.

Yoshlar bandligi masalalari muhokamasi

Shuningdek, uchrashuv davomida 16 yoshga to‘lgan sakkiz nafar o‘g‘il-qizga ilk marotaba ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.

Vobkentlik yoshlarga ID-kartalar topshirildi

Yoshlarga ilk ID-kartalarni topshirish jarayoni

Vobkent tumanidagi yoshlar tadbiri

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.