Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda suv hisoblagichiga noqonuniy aralashuv aniqlandi

water cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

G‘ijduvon tumanidagi O‘zanon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti holati 2026-yil 14-yanvardagi 1-sonli qo‘shma qaror asosida o‘rganildi. Tekshiruv davomida suv hisoblagichidan foydalanish talablariga rioya etilishi ham nazorat qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

O‘zanon mahallasida 1 124 ta xonadon va 4 463 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 350 o‘rinli umumta’lim maktabi hamda 200 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud. Mahalla markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangan.

O‘zanon mahallasidagi ichimlik suvi tarmog‘i nazorati

 

O‘rganish jarayonida fuqarolardan biri suv hisoblagichiga noqonuniy aralashib, ichimlik suvidan belgilangan tartibni buzgan holda foydalangani aniqlandi. Holat inspeksiya mutaxassislari tomonidan hujjatlashtirildi.

Suv hisoblagichi va noqonuniy aralashuv holati

 

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalarning 49-bandiga ko‘ra, iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suv chiqarish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Ichimlik suvi hisoblagichini tekshirish jarayoni

 

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 163-moddasi asosida ma’muriy jarima qo‘llandi. Inspeksiya iste’molchilarga ichimlik suvi tarmoqlari va hisoblagichlardan faqat belgilangan tartibda foydalanish zarurligini eslatdi.

O‘zanon mahallasida suv ta’minoti bo‘yicha o‘rganish

 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.