Buxoro yangiliklari
Romitandagi “Zarafshon” suv inshooti bo‘yida yangi sayyohlik maskani barpo etiladi
![]()
Romitan tumanida joriy yil yakuniga qadar uchta “drayver” loyihani amalga oshirish belgilangan. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Loyihalar tumandagi mavjud imkoniyat va zaxiralardan samarali foydalanish, turistik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.

Ushbu loyihalar bosqichma-bosqich ishga tushirilishi natijasida tumanda 240 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi ish o‘rinlari aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Loyihalarning birinchi bosqichida “Zarafshon” suv inshooti bo‘yida yangi sayyohlik va xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etiladi.

Xususan, daryoning 500 metrlik sohil qismida xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bu yo‘nalishdagi ishlar 12 nafar tadbirkorning tashabbusi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Hududda savdo, umumiy ovqatlanish, dam olish va aholiga xizmat ko‘rsatish maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


