Buxoro yangiliklari

Romitandagi “Zarafshon” suv inshooti bo‘yida yangi sayyohlik maskani barpo etiladi

romitan zarafshon cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Romitan tumanida joriy yil yakuniga qadar uchta “drayver” loyihani amalga oshirish belgilangan. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Loyihalar tumandagi mavjud imkoniyat va zaxiralardan samarali foydalanish, turistik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.

Romitandagi Zarafshon suv inshooti bo‘yidagi qurilish ishlari

Ushbu loyihalar bosqichma-bosqich ishga tushirilishi natijasida tumanda 240 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Suv inshooti bo‘yidagi qirg‘oqni obodonlashtirish

Yangi ish o‘rinlari aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Zarafshon suv inshootining qirg‘oq qismi

Loyihalarning birinchi bosqichida “Zarafshon” suv inshooti bo‘yida yangi sayyohlik va xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etiladi.

Zarafshon bo‘yidagi yangi sayyohlik hududi

Xususan, daryoning 500 metrlik sohil qismida xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Daryoning 500 metrlik sohil qismidagi ishlar

Bu yo‘nalishdagi ishlar 12 nafar tadbirkorning tashabbusi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sayyohlik va xizmat ko‘rsatish hududining loyiha ko‘rinishi

Hududda savdo, umumiy ovqatlanish, dam olish va aholiga xizmat ko‘rsatish maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.