Buxoro yangiliklari
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jamoasi ekologik tanlovda birinchi o‘rinni egalladi
![]()
“O‘zbekneftgaz” tizimidagi kasaba uyushmalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika tanlovining ikkinchi bosqichida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tanlov natijalari Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasining 2026-yil 11-sentabrdagi 05-10 “s”-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ikkinchi o‘rin “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” hamda “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatlari kasaba uyushmasi qo‘mitalariga nasib etdi.
Ishtirokchilar ish beruvchi bilan hamkorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarida amalga oshirgan ishlari asosida baholandi.
Hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va “yashil” tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha natijalar ham tanlov mezonlari qatoridan joy oldi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jamoasining g‘olibligi korxonada ekologik mas’uliyatga qaratilgan tizimli ishlar e’tirof etilganini ko‘rsatadi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


