Buxoro yangiliklari

Şofirkonlik öqituvçi Gulşoda Jonpölatova bolalar adabiyoti tanlovi ğoliblari qatoriga kirdi

31 teacher cover
Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Şofirkon tumanidagi 49-sonli umumiy örta ta’lim maktabi öqituvçisi Gulşoda Jonpölatova “Bolalar uçun eng yaxşi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi ğoliblari safidan örin oldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida bölib ötdi. Unda bolalar adabiyoti yönalişida ijod qilayotgan mualliflarning yutuqlari e’tirof etildi.

Bolalar uçun eng yaxşi badiiy asar tanlovi ğoliblarini taqdirlaş — 1-surat

Respublika ijodiy tanlovi Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi, Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida taşkil etildi.

Bolalar uçun eng yaxşi badiiy asar tanlovi ğoliblarini taqdirlaş — 2-surat

Tanlovning asosiy maqsadi bolalar va ösmirlar uçun mazmunan boy, badiiy jihatdan yuksak hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlar yaratişni rağbatlantirişdan iborat. Şuningdek, yoş avlod örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ona tiliga mehr va hurmatni kuçaytiriş hamda iste’dodli ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga e’tibor qaratildi.

Hokimlik Gulşoda Jonpölatovaning yutuğini ustozning mehnati va ijodiy izlanişlariga berilgan baho sifatida qayd etdi. Uning tanlov ğoliblari qatoridan joy olişi Buxoro viloyatidagi pedagoglarning ijodiy salohiyatini namoyon etuvçi natija sifatida e’tirof etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.