O‘zbekiston

Ertadan boshlab karantin tartiblari kuchaytiriladi!

photo 234

Loading

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda ta’kidlandiki, 18-apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antiseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat’iy nazorat qilinadi.

Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rinlar 50% gacha cheklanadi, lekin 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi. Avtobuslarda o‘rindiqlarning 50% gacha cheklanadi, avtobuslar soni ko‘paytiriladi

1-maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish kabi qator cheklovlar belgilandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.