Buxoro yangiliklari
Qorakölda 13 sotix tomorqadan yiliga uç marta hosil olinmoqda
Qoraköl tumanining “Quyi Yangibozor” mahallasida yaşovçi Tölqin Raximov 13 sotix tomorqasida dehqonçilik qilib, oilaviy daromad topmoqda. Har biri 2 sotixdan iborat ikkita kiçik issiqxona barpo etgan tomorqaçi keç kuzda bulğor qalampiri yetiştirib, sifatli hosil olmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Hududda suğoriş imkoniyatlarining yaxşilanişi fermer va dehqon xöjaliklari bilan birga aholi tomorqalarida ham hosildorlikni oşirişga xizmat qilmoqda. Ötgan yillarda “Quyi Yangibozor” mahallasining qariyb 500 gektar maydoniga suv olib boradigan “Rasulobod” hamda “Xöjakon” mahallasi hududidagi 750 gektardan ortiq ekin maydonini ta’minlaydigan “Boğikanda” ariqlari özanini betonlaştiriş işlari olib borilgan.

Hozirda 3 mingdan ortiq aholi yaşaydigan Quyi Yangibozor qişloğida ilgari 750–800 gektar tomorqa yerlarini suğorişda suv taqçilligi sabab qiyinçiliklar bölgan. “Rasulobod” ariğining qişloqqa kirib keladigan 3 ming metrlik qismi betonlaştirilgaç, bu muammo bartaraf etilgan. Suvning behuda yöqotilişi kamayib, zarur paytda önlab tomorqalarni suğoriş imkoniyati yaratilgan.

Tölqin Raximov oilasi ana şu imkoniyatlardan foydalanib, yil boşidan kartoşka, pomidor, bodring, karam va oşqovoq kabi sabzavot-poliz mahsulotlarini yetiştirib kelmoqda. Hozir issiqxonalardan birida plyonka ostida bulğor qalampiri parvarişlanmoqda.

Joriy yilda oila tomorqadan 2 tonnadan ortiq kartoşka, 4 tonna atrofida pomidor, yana şunça sarimsoqpiyoz va qovoq yetiştirgan. Rözğordan ortgan mahsulot mahalladoşlarga yetkazib berilmoqda. Keçki bulğor qalampiridan esa yaqin vaqtda 3 tonna atrofida hosil oliş kutilmoqda.

Yil yakunida uç marta hosil yetiştirişdan olinadigan moddiy manfaatdorlik 100 million sömdan kam bölmasligi kutilmoqda.

Xonadon sohibining aytişiça, tomorqani obod qiliş va dehqonçilikni rivojlantirişda hokimning mahalladagi yordamçisi kömagida tijorat bankidan olingan 60 million söm kredit qöl kelgan.

“Avvalo, yerning unumdorligini oşiriş maqsadida ‘Kaliforniya çuvalçanglari’ yordamida biogumus tayyorlab, tuproqqa soldik. Yer köçat ekişga tayyor bölgaç, plyonka ostida mahsulot yetiştirişni boşlaganmiz. Asosan pomidorning ‘Volgograd’ va bulğor qalampirining ‘Vedrana’ navidan möl hosil yetiştirmoqdamiz. Mahalliy iqlimga mos bu navlar turli kasalliklarga çidamliligi bilan ham ajralib turadi”, — deydi Tölqin Raximov.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


