Buxoro yangiliklari
Şofirkonda 2027-yilda 5 ming gektar yerni özlaştiriş rejalaştirilmoqda
Şofirkon tumanida 2027-yilda 5 ming gektar yerni özlaştiriş rejalaştirilgan. Bu maydonlarning meliorativ holatini yaxşilaş, tuproq unumdorligini oşiriş va ularni qişloq xöjaligi aylanmasiga kiritiş közda tutilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Viloyat hokimi örinbosari Amrillo Nazarov, Şofirkon tumani hokimi Mömin Amonov va soha vakillari Toldi hamda Hamroboy massivlarida yer maydonlarining hozirgi holati va ulardan foydalaniş imkoniyatlarini örgandi.

Örganiş davomida xorijiy, jumladan xitoylik investorlarni jalb qiliş va ular bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş masalasi körib çiqildi.

Xitoyning Şinjon hududi tajribasi asosida paxta yetiştiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni qöllaş va ilğor suğoriş usullarini joriy etiş böyiça takliflar muhokama qilindi. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanişga ham e’tibor qaratildi.

Har bir maydon tuproğining tarkibi va meliorativ holatini hisobga oliş, zarur infratuzilmani yaratiş, suv ta’minoti masalasini hal etiş va investitsiya loyihalarini aniq hisob-kitoblar asosida işlab çiqiş vazifalari belgilandi.

Hokimlik yerlarni özlaştiriş orqali ekin maydonlari va mahsulot hajmini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda tumanning eksport imkoniyatlarini kengaytirişni közlamoqda.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


