O‘zbekiston
Buxorolik deputat Rasul Kusherbayevga “otvet” qildi
Endi muddaoga o‘tsam. Deputat Rasul Kusherbayevning “Milliy tiklanish” gazetasida eʼlon qilingan “Janob liberallar, sukut alomati rizomi?” nomli maqolasiga yozgan javobini o‘qib, tashqi reklama bilan shug‘ullanayotgan poytaxtlik tadbirkorlar muammosi O‘zLiDeP uchun unchalar muhim emasligini, bunday “kreativ yondashuv” zamirida pardalarga o‘ralgan sirli haqiqat borligini yana bir bor tushungandek bo‘ldim. Buni asli kasbi jurnalist bo‘lgan Rasul Kusherboyevning masalaga nihoyatda nozik yondashganidan ham sezish mumkin. Eʼtibor bering: hurmatli deputatimiz maqolani go‘yo “Milliy tiklanish” gazetasiga javob tariqasida yozadiyu, aslida mavzuni kuni kecha parlamentning navbatdagi yalpi yig‘ilishida muhokama qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun atrofidagi nozik muhokamalarga burib yuboradi. Yurtdoshlarimizga gap nima haqda ekanini eslatish uchun masala mohiyatini izohlab o‘tsam. Parlamentning navbatdagi yalpi yig‘ilishida yuqoridagi qonun loyihasining 3-moddasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ammo afsuski, Rasul Kusherbayev majlislar zalida yo‘q edi!
Agar muhokama jarayonida bevosita ishtirok etganida edi, balki “Milliy tiklanish” partiyasi nomiga nisbatan bunday og‘ir ayblovni bildirmagan bo‘lardi? To‘g‘ri R. Kusherbayev ushbu qonun loyihasining umumiy muhokamasi paytida fikr bildirdi. Biroq u moddama-modda muhokamaga o‘tilgan vaqtda, aynan hozir aytilayotgan diniy taʼlim bilan bog‘liq norma belgilangan 3-modda muhokamasigacha zaldan chiqib ketgan edi. Qonun loyihasining umumiy muhokamasi paytida Doniyor G‘aniyev ham fikr bildirdi, bu to‘g‘ri. Kusherbayev esa 1-bob, 3-modda muhokamasida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, umumiy muhokama paytidagi xulosalariga tayanib, “Milliy tiklanish” partiyasi deputatlarini diniy taʼlimni kengaytirishga qarshi chiqayotganlikda ayblabdi. Tushunarli bo‘lishi uchun yana bir bor taʼkidlamoqchimiz. 3-moddada qonunga xilof diniy taʼlim, degan tushuncha bo‘lib, unda diniy taʼlimni berishi mumkin bo‘lgan subyektlarning nomlari keltirilgan. Bular – ota-ona va ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar. “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasining 1 kun oldin bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida biz chindan ham diniy idora talablari asosida birorta diniy olimga diniy taʼlim berish, yaʼni maktabdan tashqari vaqtda diniy taʼlimga ruxsat beraylik, degan taklifni ilgari surganmiz.
Ammo masalani chuqurroq tahlil etib, qosh qo‘yamiz deb, ko‘z chiqarib qo‘yishimiz mumkinligini tushinib yetdik. Yaʼni, diniy taʼlimga qonunchilikda yo‘l ochib bersak, O‘zbekistonda diniy taʼlim maydonini missionerlarga lang ochib bergan bo‘larkanmiz. Farzandimizning qo‘lidan yetaklab bir ulamoning oldiga olib borib, diniy taʼlim, diniy axloqni o‘rgating, deyish bu qonun bo‘yicha diniy taʼlimga kirmaydi. Bizda odamlar bugun dinni o‘rganishni shu usulda hal qilishyapti. Masalan, men farzandimni diniy ulamoga olib borib, dinni o‘rgating desam, qonunni buzgan bo‘lmayman. Farzandlarimizga dinni o‘rgatmoqchi bo‘lsak, bemalol diniy ulamoga olib borib o‘rgatishimiz mumkin. Dinni o‘rganish uchun diniy qo‘mita tomonidan turli qo‘llanmalar ham chiqarilgan, masjidlarga borib imomlar bilan muloqot qilish uchun yetarlicha sharoitlar ham yaratilgan. Masalan, qonunda kenglik yaratib qo‘yishimiz missionerlar va boshqa radikal oqimlar uchun ayni muddao bo‘ladi, degan fikrdamiz. Biz mana shu jarayonning ochilib ketishiga qarshilik qildik xolos.Bizningcha, bunday nozik masalalarda populizmga berilish, ichki “men”larning taʼsiriga tushish hech qachon umummanfaatga xizmat qilmagan.
Kusherbayev bo‘lsa, paytdan foydalanib, davlat tili masalasida yaqinda boy berib qo‘ygan obro‘sini shu yo‘l bilan tiklab olishga chiranyapti, chog‘i. Bo‘lmasa, eng faol va ko‘zga ko‘ringan deputatning hamma narsaga yetgan aqli, shu yerga kelganda oqsaydurmi…
Umida RAHMONOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi