Munajjimlar başorati
Munajjimlar başorati (30.11.2026)
2026-yilning 30-noyabr, duşanba kuni uçun munajjimlar başorati
Qöy (21.03 — 20.04)
Şaxsiy işlaringizni bajarib oliş uçun bugun atrofdagilardan özingizni olib qoça boşlaysiz. Muammo faqat muhabbatda. Siz şuning uçun ham birovlar sirlaringizdan ogoh bölişlarini xohlamaysiz. Iş bajarişda qarindoşlar va döstlar maslahatlariga quloq tuting. Ular sizni haqiqat yöliga solib qöyişnigina istaşadi. Köngillarida zarraça yomonlik yöq. Moliyaviy muammolar ham juda qiyinçilik bilan bölsa-da, harqalay ijobiy hal böladi. Özingizni ehtiyot qiling.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Qiş yaqinlaşdi. Bugun vaqt topa olsangiz, toğli hududlarga borib havo almaştiring. Iş qoçib ketmas. Bugun işxonangizda maqtovlar, xuşomadlar faqat sizniki böladi, işoning. Ayniqsa, qarama-qarşi jins vakillari va vakilalari qalbingizga bir olam quvonç hadya etadi. Moliyaviy jihatdan tösiqlarga duç kelmaysiz. Zahirangizda ham ança-munça pul bor. Bugun qarz kötariş va banklardan kredit olişni zinhor xayolga keltira körmang.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
30-noyabr kuni yaqinlaringizga yangi yil sovğalari hadya etiş haqida boş qotira boşlaysiz. Ha, birinçi navbatda pulni zahirada saqlab qoliş kerak. Pul bölsa, sovğa topiladi. Ma’naviy tarafdan ba’zi yöqotişlarga yuz burişingiz ehtimoldan xoli emas. Kunning ikkinçi yarmida ba’zilar illyuziya asiriga aylanişi, şuning natijasida tuşkun kayfiyatda qolişi kutiladi. Keçqurun vaqtingizni ajoyib tarzda ötkazişingiz tayin. Salomatlikni asrang.
Qisqiçbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun hasadgöy va köngli qoralar faollaşadigan kun. Aynan sizga qarşi tiş qayrab turişlari aniq. Şuning uçun işda ham, şaxsiy hayotda ham pozitsiyani mustahkamlaş harakatida böling. Madaniy tadbirlar, kino, teatrga, kontsertga tuşiş xayrli keçadi. Keçqurun döstingiz maslahati bilan juftingizga qimmatbaho sovğa xarid qilişingiz mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
30-noyabr kuni mayda köngilsizliklarga röbarö bölişingiz mumkin. Şu narsa kayfiyatingizni buzişi turgan gap. Daromad keltirişi mumkin bölgan barça işlarni keçga qadar yakunlab, nasib bölsa pulini ham kissaga urasiz. Keçqurun şaxsiy hayotingizda yorqin hodisalar yuz beradiki, kun böyi siqilganlaringiz bir zumda unut böladi. Ammo bu holatingizni birovlarga aytib maqtanmang. Köz tegadi. Soğliğingiz joyida bölişi uçun ovqatlanişda ehtiyotkor böling. Köproq sport bilan şuğullaning.
Parizod (24.08 — 23.09)
Özingizga özingiz qaysidir jihatdan ziyon yetkazib qöymaslik uçun orqa-ketingizga qarab iş köring. Rejalaringiz ham nihoyatda puxta bölişi lozim. Aks holda qora terga botib işlasangiz-da, daromadi bir miriga teng bölib qolaveradi. Oilaviy hayotda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Soğliğingizga jiddiy munosabatda böling. Surunkali xastalikka yöliqqan bölsangiz, dorilarni öz vaqtida içing, vraç körigidan ötib qöyişni ham yoddan çiqarmang. Keçqurun faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda iş tuting.
Tarozi (24.09 — 23.10)
30-noyabr kuni oilasizlar yaqindagina tanlagan bölğusi jufti masalasida uydagilarning fikrini eşitib körişlari tavsiya etiladi. «Maslahatli töy tarqamas» deb behuda aytişmagan, axir! Başarti kimningdir fikri yoqmasa ham tilingizni tişlang. Pul masalasida ham bir qator muammolar paydo böladi. Lekin keçgaça astoydil harakat qilsangiz, katmon quruq qolmaydi. Keçqurun toza havoda sayr qiliş sizga har taraflama foydali. Imkon bölsa velosipedda sayr qilsangiz, yana yaxşi.
Çayon (24.10 — 22.11)
Erta tongda uyğonganingizdanoq kayfiyatingiz tuşkun holatdaligiga guvoh bölasiz. Yöq, bu siz öylagandek havo aynişidan emas. Sizdagi pessimistik holat kayfiyatingizni tuşkun ahvolga solib qöygan bölişi mumkin. Yaqin döstlaringiz ançadan beri yakunlay olmayotgan muhim işingizni tugatişda qöllab yuborişlari kutiladi. Ijodkorlar ham bugun ajoyib natijalarga muyassar bölişadi. Asablaringizni asrang.
Öqotar (23.11 — 21.12)
30-noyabr kuni hali köp yillar hamkorlikda iş olib borişi kerak bölganlar bilan bahsga kirişmang. Undan köra ulardan foydalanib qoliş haqida qayğuring. Oila qurmagan, muhabbat ötida kuyayotganlar bugun albatta omadga erişişadi. Biroq darrov kelajak haqida reja tuzişni boşlab yubormang. Avval tanlagan insoningizni yaxşiroq tanib oling. Bir qarorga kelişga şoşilmang.
Bugun tadbirkor va ijod kişilarining kuni tuğadi. Sizni oldinda muvaffaqiyatli lahzalar kutib turadi. Ayniqsa, tadbirkorlar xuddi şer kabi oldinga intilib, öz yölida raqobatçi va hasadgöylarni mağlub eta boradi. Şaxsiy hayotda ham aql bilan iş tutsangiz, muvaffaqiyatlar çetlab ötmaydi. Kunning ikkinçi yarmida favqulodda safarga otlanişingiz mumkin. Kimlarningdir xonadoniga mehmonlar taşrif buyurişi kutiladi. Keçga yaqin jismoniy zöriqişni sal kamaytirişingiz tavsiya etiladi.
Toğ eçkisi (22.12 — 20.01)
30-noyabr kuni faqat kuçingiz yetadigan va özingiz uçun qiziqarli bölgan işlar bilan band bölişingiz kerak. Aks holda behuda kuç sarflaş uyoqda qolib salomatligingizga ham putur yetişi mumkin. Katta işga qöl urganlar uçun bugun ança qiyin keçadi. Muhabbatda özingiz ado eta olmaydigan narsalarni va’da qilmang. Keçqurun yolğiz qoling, ertangi kun rejasini tuzing. Şu bahonada dam oling.
Qovğa (21.01 — 19.02)
Muhabbatda xayolparastlik, işonuvçanlik sizni boşi berk köçaga olib kirib qöyişi mumkin. Bu yölda aniq, puxta rejaga asoslangan harakatlar zarur. Busiz faqat omadsizlikka yuz tutasiz xolos. Pul masalasida tejamkor böling. Faqat rözğor uçun juda zarur bölgan buyumlarnigina xarid qiling. Özingizdagi eng yaxşi xislatlarni döstlar davrasida yana bir bor namoyiş eting. Keçqurun şaxsiy iş bilan qöşni qişloq yoki şaharga borib kelişingiz mumkin.
Baliq (20.02 — 20.03)
30-noyabr kuni heç kim aldamasligi, ranjitmasligi uçun sergaklikka e’tibor qarating. Duç kelganga işonib ketavermang. Eng muhim işlarni tuşga qadar tugatişga harakat qiling. Kunning ikkinçi yarmida bir odam bilan xizmat safariga jönaşingiz kutiladi. Keyinçalik şu odam mavqeingiz oşişida yaqindan yordam beradi. Oçiq-oydik suhbatlardan qoçing. Sirlaringizni özingizdan boşqaga işonmang.
Tepada yozilganlarga işoniş-işonmaslik, albatta, har kimning öziga havola. Lekin, bularni şunçaki öqişning özi boşqaça…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


