Buxoro yangiliklari

Mohi Xossa saroyi restavratsiyasida 28 000 000 000 so‘m “yeyilgan”

photo 249

Loading

Bugun, 2-iyun kuni Buxoro viloyat prokururaturasining 2-sektor shtabi binosida «Har bir murojaat e’tiborda» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati prokurorining o‘rinbosari R. Zayniyev, viloyat prokurori katta yordamchisi X. Bahronov, viloyat prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i A. Esanov shuningdek, jurnalist-blogerlar ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Buxoro viloyat boʻlimi matbuot kotibi e’lon qilgan ushbu xabarda.

Matbuot anjumani davomida viloyat prokuraturasiga kelib tushayotgan murojaatlar va ularning yechimlari, ijtimoiy tarmoq orqali tarqalayotgan mavzulardagi munosabatlar o‘zaro tahlil qilindi.

[metaslider id=2860 cssclass=»»]

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat prokuraturasiga 8 499 ta murojaatlarning 5 442 tasi bevosita prokuratura organlarida hal qilinganligi, 474 nafar shaxslarning huquqlari tiklanganligi, 4 474 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilganligi anjuman davomida aytib o‘tildi.

Prokuratura ochiqlagan ma’lumoylarga ko‘ra, Sitorai Mohi-Xossa saroyini qayta tiklash, ta’mirlash chog‘ida 28 000 000 000 so‘m pul mablag‘lari talon-taroj qilingan. Bu haqida anjuman davomida batafsil axborot berildi.

Joriy yilda, shuningdek, viloyat prokuraturasi tomonidan 1 000 768 800 so‘mlik ish haqlari undirib berilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.