Buxoro yangiliklari
Xufyona o‘qotar qurolingiz bo‘lsa, o‘z ixtiyoringiz bilan topshiring, aks holda…
Mamlakatimizda qurol muomalasi bilan bog‘liq munosabatlar «O‘zbekiston Respublikasining Qurol to‘g‘risida»gi Qonuni asosida tartibga solingan bo‘lib, unga muvofiq, o‘qotar qurol bilan bir qatorda pnevmatik, tig‘li sovuq, uloqtirish, signal beruvchi, o‘zini-o‘zi himoya qiluvchi va boshqa qurol turlari yuzasidan alohida tartiblar belgilangan.
Mazkur Qonun va amaldagi tartiga ko‘ra qurolning og‘iz qismidagi quvvati 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov quroli va og‘iz qismidagi quvvati 3 jouldan yuqori bo‘lgan pnevmatik sport quroli, o‘zini-o‘zi himoya qilish (gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar, elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar) qurollariga egalik qilish ichki ishlar organlarining ruxsatnoma hujjatlari asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilangan.
Ushbu turdagi qurollarning jismoniy va yuridik shaxslardagi muomalasiga oid tartib-taomillarni belgilovchi respublika Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori joriy yilning 27-mart kunidan boshlab kuchga kirgan. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston Respublikasining Qurol to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur qaror mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkib orasida keng tushuntirishga doir darslar tashkil qilindi.
Bunda asosiy e’tibor qurollarning, ayniqsa yangi turdagi muomalasiga, yangicha tartib o‘rnatilgan qurollarning tasniflanishiga, endilikda qurol-yarog‘ muomalasi sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining pullik tartibda amalga oshirilishiga qaratildi. Shuningdek, “Qurol muomalasi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot dolzarb oyligi” e’lon qilinib, bu borada jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida muntazam targ‘ibot va tashviqot ishlari kuchaytirildi.
Aytish mumkinki, aholi xonadonlari, jamoatchilik joylarida olib borilgan profilaktik tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Faoliyat davomida izchil olib borilayotgan “Arsenal”, “Tozalash” va boshqa tadbirlar natijasida viloyat markazining Amir Temur ko‘chasi, 20-uyda yashovchi M. Majidov, Piridastgir ko‘chasi, 3-uyda yashovchi T. Toychiyev, shu ko‘chaning 3/2-uyida istiqomat qiluvchi H. Amonov, Mustaqillik ko‘chasi, 52/2-uyda yashovchi B.Ergashev hamda Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 5-uyda yashovchi B. Rajabovlar o‘z ixtiyorlari bilan ichki ishlar organlariga keltirib topshirgan pnevmatik kurollari tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Albatta, bu o‘rinda yuqoridagi fuqarolar hatti-harakati tahsinga loyiq. Zero, yashirincha olib yurilgan yoki saqlanayotgan o‘qotar qurol hamisha xavfli ekanligini, bu hol hatto kimningdir bu hayotdan erta ko‘z yumishiga sabab bo‘lishini ham kengroq mushohada qilsak, kifoya. Qonun talabiga bo‘ysunmaslik esa – jinoyat. Shunday ekan, fuqarolarimizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
B. Sharipov, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i, polkovnik; S. Istatov, Buxoro shahar IIO FMB mas’ul xodimi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi