Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyat IIB e’lon qilgan xabar yuzasidan

photo 251

Loading

Buxoro viloyati IIB rasmiy Telegram-kanalida bugun, 17-iyul kuni soat 18:11 da e’lon qilingan quyidagi “Қорадори – 2021. Бухоро тумани” posti yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini so‘raymiz.

Xabarda jinoyat qilganlikda gumon qilinuvchi shaxslarning yuzi ochiq holda ko‘rsatilgan. Ya’ni, shaxsga oid ma’lumotlariga daxl qilingan, sha’niga putur yetganlik holatlari bo‘lishi mumkin. Quyida iddaomizni qonuniy jihatdan izohlashga harakat qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida» gi Qonunning 3-bob, 14-moddasida (Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish) «Shaxsga doir ma’lumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilishga, Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirishga yoki shaxsga doir ma’lumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatishdir.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan hollarda, ushbu ma’lumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi», deb yozilgan.

O‘z navbatida, ushbu qonunda “shaxsga doir malumotlar” tushunchasiga ham quyidagicha izoh berilgan. Unga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Hujjatning 5-bob, 28-moddasi (Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi)da esa «Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida mulkdor va (yoki) operator yoki shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi majburiy bo‘lgan talab shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligidir.

Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart», – deb ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual Kodeksining 2-bobi, 23-moddasi (Aybsizlik prezumpsiyasi)ga ko‘ra, «Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi», -deyilgan.

Kodeksning 9-bob, 88-modda, 11-xatboshisida «Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini ko‘rishi shart» deyilgan.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, «Buxoroisharif.uz» rasmiy ommaviy axborot vositasi (O‘zbekiston Respublikasi AOKA dan berilgan 1394-sonli guvohnoma asosida faoliyat olib boradi) Buxoro viloyati IIB dan ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borishini va agarda, qonun buzilish holatlari kuzatilgan taqdirda, chora ko‘rilishi hamda bu haqida rasmiy munosabat bildirilishini so‘raydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.