Buxoro yangiliklari

BDU da yangi markaz ochildi

photo 02 76

Loading

Kecha, 13-iyun kuni Buxoro davlat universitetida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishining 34-sonli bayoni 35-bandida respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaga yetkazish, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan yolgʻon va qalbaki xabarlarga tezkor munosabat bildirish maqsadida hududlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida “Islohotlar – xalq uchun” nomli targʻibot loyihasini tizimli yoʻlga qoʻyish vazifasi ijrosini amalga oshirish maqsadida Buxoro davlat universiteti qoshida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan “Islohotlar xalq uchun” markazi oʻz faoliyatini boshladi.

Asosiy maqsad – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlariga o‘z vaqtida yetkazib berish, shuningdek OAV va ijtimoiy tarmoqlarda axborot tarqatish, tahlil qilish, fikr bildirish, siyosat, ta’lim, madaniyat, san’at va boshqa sohalardagi axborotlarni xolis bayon qilish media madaniyatini shakllantirish bo‘lib, turli dinlar va konfessiyalar, millatlar, madaniyatlar va gender munosabatlarida muloqot me’yorlariga umumbashariy, odob-axloq qoidalariga amal qilish madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi F. B. Ibragimova, Oliy Majlis senati a’zosi A. A. Huseynova,  BDU rektori, markaz guruh rahbari  O. X. Xamidov, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh. J. Teshayev, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali direktori Sh. J. Imomov, BDU Pedagogika instituti direktori M. I. Daminov, BDU “Islohotlar – xalq uchun” markazi axborot psixologik xavfsizlik yo’nalishi rahbari U. S. Jumayev,  viloyat deputatlar kengashi deputatlari, Buxoro viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Buxoro viloyati boʻlimi xodimlari, BDU rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etishmoqda.

Marosim avvalida O. X. Xamidov soʻzga chiqdi:

– Bugungi kunda jamiyatda inson faoliyatining keng tarqalgan sohalaridan biri  –bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim – ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali – bu yangi bilimlarni izlash, egallash va ekstremal vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda talim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu ma’noda ushbu markaz oldimizga qoʻyilgan maqsadlarimiz yoʻlidagi muhim vosita sanaladi, –deya ta’kidladi. Shuningdek, 2021-yilning 24-oktyabrida o’tkaziladigan siyosiy tadbir – “O’zbekiston Prezidentligiga saylov” masalalarida ham keng jamoatchilik orasida sifatli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, psixologik axborotlarni targ’ibotini olib borish boshlab yuborilgan. Zero, aholini milliy manbalarimizga tayanib, axborot iste’moliga o’rgatish ham davlatchilik hamda milliy imidjimizni yaratishimizning kafolatidir.

[metaslider id=2922 cssclass=»»]

Shundan so‘ng, Buxoro viloyati hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Ibragimova so`zga chiqib, BDU jamoasini alohida e’tibor bilan tashkil etilgan ko`rkam targ`ibot maskani bilan tabrikladi:

– Ushbu stol atrofida yig`ilishgan har bir inson viloyatimizning turli-tuman jabhasida jonbozlik ko`rsatib, islohot olib borayotgan o`z jamoasiga ega fidoiylardir. Bu maskanda jalb qilingan har bir yosh viloyatimizning dardini aritadigan, yangilik yaratadigan, xalqimizning yukini yengil qilish yo`lida islohot olib boradigan mevali daraxt bo`lishiga shubham yo`q.Bu markaz nafaqat viloyatimizdagi balki, butun vatanimiz bo‘ylab ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilik orasida o‘zlarining sog‘lom fikr, ishonchli axborot, ta’lim-tarbiya hamda ma’rifat ulashadigan yetakchi maskan bo‘ladi, deb umid qilaman”, – dedi u.

– Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining topshirig`iga asosan 14 ta OTM huzurida bu kabi targ`ibot-loyiha markazlarini tashkil etish vazifasi qo`yilgan edi. Buxoro davlat universitetida “Islohotlar xalq uchun” markazi o`z faoliyatini boshladi. Yurtimizda olib borilayotgan har bir islohotning mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamiga yetkazish, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarning mazmunini ochib berish  biz ziyoli qatlamning yelkasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ushbu markazda yetuk mutaxassislar tomonidan hozirgi pandemiya sharoitida insoniyat reproduktiv salomatligini ta’minlashga ko’maklashuvchi psixologik konsultatsiya, qadriyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya va ma’rifat targ’iboti xizmatlarini ko’rsatish ham belgilangan.  Shu ma’noda ushbu markaz ko`p yillar davomida o`z samarasini ko`rsatadi.

Ortiqova Hafiza To`ymurodovna, “Islohotlar – xalq uchun” markazi 2-darajali guruh kotibi

Ma’lumot o`rnida aytish joizki, markazda xizmat ko’rsatuvchi har bir mutaxassis (universitetning tajribali va professional professor-o’qituvchilaridan iborat) faoliyati kompetentligi (fidoyilik, axborotlardan xabardorlik, tezkor ma’lumotlar almashinuvidagi ishchanlik, talabalar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik bilan olib boriladigan muloqotda yuqori madaniyat va bilimdonlik va h.) hisobga olingan holda saralab olingan.

Otabek Jalolov, BDU Matbuot kotibi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.