Mashhurlar
Husnora Shodiyeva samolyotdan qolib ketdi
“Men hech qachon yoʻlda bunchalik koʻp pul sarflamaganman”, — deydi u
Aktrisa, xonanda, boshlovchi Husnora Shodiyeva oʻz Instagram sahifasida Turkiyada Toshkentga uchadigan samolyotdan qolib ketgani haqida xabar berdi.
Husnora 23 oktyabr kuni dugonalari Nazokat Rashidova va Diyora Abdullayeva bilan Turkiyaga ketgandi. Ular Nazokat Rashidovaning tugʻilgan kunini nishonlash uchun sayohatga chiqqan. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, bugun uchadigan reys bilan Toshkentga qaytishi kerak edi. Biroq u samolyotga ulgurmaganini aytdi.
Shuningdek, Husnora Shodiyeva hozircha Turkiyada dugonalari bilan boʻlishini taʼkidladi.
“Hammaga assalomu aleykum. Men hozir Toshkentga uchadigan samolyotda boʻlishim kerak edi. Lekin samolyotim mensiz uchib ketdi. Men ʻKalmara oʻyiniʼ kabi yugurdim. Bu juda ogʻir edi. Yigʻladim. Ammo keyin vaziyatni qanday boʻlsa, shunday deb qabul qildim. Shunday boʻlishi kerak ekan. Men hali ham Istanbulman. Xudo xohlasa tez orada uyga boraman. Men uyga borishni juda xohlardim. Oʻgʻlimni sogʻindim. Shuning uchun nasiba boʻlishi kerak deyishadi. Hozir mehmonxonada qizlar mensiz qolgan. Nazokat Rashidova bilan mana shunday xayrlashgandim. Endi yana ularning oldiga qaytaman. Men hech qachon yoʻlda bunchalik koʻp pul sarflamaganman”, — deydi aktrisa.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi