Mashhurlar

“Eng qimmat” aktrisalar reytingi

photo 258

Loading

Dilnoza Kubayevadan Durdona Qurbonovagacha: Oʻzbek kinosining “eng qimmat” aktrisalari reytingi tuzildi

Ijodkorlarning qancha haq olishi ko‘pchilik uchun qiziq. Har yili xorij kinoyulduzlarining yillik daromadlari ommaga e’lon qilinadi, ammo o‘zbek ijodkorlarining daromadlari haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi. Aslida, uni oshkor etishning yomon tomoni yo‘q. Gonorar ijodkorning mehnatiga yarasha to‘lanadigan haq hisoblanadi. O‘zbek kinosining taniqli rejissyorlari bilan muloqotda bo‘lib, bugungi kundagi eng talabgir aktrisalar va ularning kunlik gonorar miqdorini o‘rganishga qaror qildik.

Durdona To‘laganova – «Jurnalist», «Sevgi», «Shukrona», «Sensiz» seriallari va «Koreyalik kelin», «Ojiza», «Ayriliq», «Yo‘qotilgan jannat», «Hijron» filmlarining rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Ra’no Shodiyeva;
3. Nigora Karimboyeva.

Dilshod Ahmedov – «Vijdon azobi», «Fitna», «Saboq», «Omonat» va «Jumboq» serillari rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Asal Shodiyeva;
3. Rayhon Ulasenova.

Ruslan Mirzayev – «Snayper», «Yondiradi, kuydiradi», «Farhod va Shirin», «Jodugar» filmlari va «Yuraklar jangi» seriali prodyuseri:
1. Lola Yo‘ldosheva;
2. Asal Shodiyeva;
3. Rayhon Ulasenova.

Shavkat Komilov – «Komila», «Singlim», «Aybsiz aybdor» filmlari va «Zalolat», «Mazlumlar» seriallari prodyuseri va rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Zarina Nizomiddinova;
3. Asal Shodiyeva.

Umid Xusanov – «Daydi qizning daftari» seriali rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Zarina Nizomiddinova;
3. Shahzoda Matjonova.

Rejissyor va prodyuserlarning fikrlarini umumiylashtirib, hozirgi kunda eng talab yuqori bo‘lgan aktrisalar va ularning gonarar miqdori qanchaligini bilishga harakat qildik.

1. Dilnoza Kubayeva – injiq va mas’uliyatli ijodkor. U seriallarda suratga tushishni yoqtirmaydi. Uning kunlik gonorar miqdori 500—700 AQSH dollarini tashkil etadi.

2. Asal Shodiyeva ijodiy takliflarni qabul qilishda partnyorlarning kimligiga alohida e’tibor beradi. Uning injiq va qaysarligini inobatga olmaganda, u bilan ishlash maroqli. Aktrisaning kunlik gonorar miqdori taxminan 500 AQSH dollarini tashkil etadi.

3. Zarina Nizomiddinova – atrofdagilar kayfiyati bilan hisoblashishlarini istaydigan aktrisa. U uchun pul unchalik ahamiyatga ega emas. Shu bois, vaziyatga qarab gonorar miqdorini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Uning kunlik gonorari taxminan 300—500 AQSH dollarini tashkil etadi.

4. Shahzoda Matchonova – o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, suratga olish maydonchasida yonib ishlaydigan aktrisa. Uning gonorar miqdori 300—500 AQSH dollarini tashkil etadi. Ammo keyingi paytlarda u faqat kliplarda suratga tushmoqda. Aktrisa yirik loyihalarda ishtirok etishni istamayapti.

5. Rayhon Ulasenova – mahoratli va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 250—300 AQSH dollarini tashkil etadi. Faqat aktrisaning bo‘sh vaqtini topish nihoyatda mushkul. Chunki uning to‘y-xizmatlaridagi gonorari bundan ancha qimmat.

6. Ra’no Shodiyeva – ochiqqo‘ngil aktrisa hech kimni xafa qilishni istamaydi. Debyutant rejissyor va prodyuserlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bois, uning gonorar haqqi haqida aniq raqamlarni aytish mushkul. O‘rtacha gonorari kuniga 200 AQSH dollarini tashkil etadi.

7. Nigora Karimboyeva – talabchan va barchadan professionallikni talab qiladigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 200 AQSH dollarini tashkil etadi.

8. Feruza Normatova, Shahzoda Muhammedova, Durdona Qurbonova — bu yosh aktrisalarning kunlik gonorari 100-150 AQSH dollarini tashkil etadi.

Mazkur ro‘yxatdan aktrisa Yulduz Rajabova ham o‘rin egallashi kerak edi. Chunki u ham o‘zbek kino san’atidagi eng qimmat aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa so‘nggi yillarda xususiy kinostudiyalar bilan ishlamayapti va serillardan tushadigan takliflarni rad etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.