Buxoro yangiliklari

Buxorolik og‘ufurushlar ushlandi

photo 280

Loading

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida giyohvand moddalar oldi-sottisi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi, –deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

“Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida, joriy yilning 15-noyabr kuni Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Jondor tumani IIB, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi va Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahri Turdi Farog’iy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan M. A. ni o‘zga shaxsga sof vazni 15,41 grammni tashkil etgan “Marixuana” giyohvandlik vositasini (Buxoro viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra) 4 500 000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida qo‘lga olishdi

Tezkor tadbir davom ettirilib, gumon qilinuvchi A. T. ning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, unga tegishli bo‘lgan “Jiguli” avtomobilidan yana 4,23 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida fuqaro A. T. mazkur giyohvandlik moddasini Buxoro shahrida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan A. K. dan olganligi aniqlanib, uning yashash xonadonida kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, u yerda oq qog‘ozga o‘ralgan jami 1,86 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.