Mashhurlar
“Muhtasham yuz yil”dagi Hurram va hamkasbi oʻrtasida janjal yuzaga keldi
Ular serialda ham kelisha olmagan.
Turkiyaning mashhur “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlari Jansu Dere va Maryam Uzerli oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.
Soʻnggi kunlarda turk matbuoti “Muhtsham yuz yil” seriali prodyuseri Timur Savjining Maryam Uzerli haqidagi keskin fikrlarini muhokama qilmoqda. Boisi, suratga olish ishlari davom etayotgan vaqtda Maryam Uzerli oʻz vatani Germaniyaga uchib ketgan. Aktrisa bu holatni ijodiy ishlar bilan bogʻliq charchash deb izohlagan. Maryam Uzerli ketgandan keyin uning oʻrniga kelgan aktrisani serial muxlislari qabul qilmagan va natijada serialning reytingi tushib ketgan.
Bu holatga nisbatan serialda Maryam Uzerlining raqibi sifatida rol ijro etgan aktrisa Jansu Dere ham oʻz fikrini bildirgan va film prodyusseri Timur Savjining aytgan gaplarini qoʻllab-quvvatlagan.
“Maryam haqiqatdan ham jamoani noqulay holatda qoldirdi. Shuning uchun men Timur Savji nima desa uning barcha soʻzlarini qoʻllab-quvvatlayman”, — dedi Jansu Dere vaziyatni izohlab.
Maryam Uzerlining oʻzi hali bu janjalga va izohlarga javob qaytarmagan. Aktrisa hozir Turkiyada yangi loyiha uchun suratga tushmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi