Mashhurlar
Amirxon Umarov uylangani va farzandi borligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
U bu boʻyicha o‘zining Instagram sahifasida izoh qoldirgan.
Taniqli boshlovchi va prodyusser Amirxon Umarov uylangani va farzandi borligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Amirxon Umarov oʻzining Instagramʻdagi shaxsiy sahifasida uylangani va farzandi borligi haqida tarqalgan mish-mishlarga javob berdi. Instagramʻdagi postida teleboshlovchi shaxsiy hayoti bilan bogʻliq tarqalgan nooʻrin gap-soʻzlarga koʻp marotaba duch kelgani va ularning barchasi yolgʻon xabar ekani haqida gapirdi.
«- Amirxon sizmi?
– Ha
– Ayolingiz farzandingizni qo’lda ko’tarib учаскавойга keldi, muammosi bor ekan…
Ertalabgi telefonimga birinchi qo’ng’iroq mana shunday gapdan boshlandi ??♂️ Ish manzilim yaqinidagi huquq tartibot idorasi xodimi qo’ng’iroq qilganida holatim rasmdagidanda g’ayritabiiy… Toʻgʻri avval oʻzim haqimda “uylanyapti ekan”, “qaysidir viloyatga kuyov boʻlyapti ekan” kabi turli gap-soʻzlarni juda koʻp eshitganman. Xatto yuzimga aytganlar ham boʻlgan. Ammo farzandim borligi haqidagi xabar mish-mishlarning yangi choʻqqisini koʻrsatib berdi men uchun! Mana shunday vaziyatda qanday yo’l tutishni tavsiya qilasiz?» – Amirxon Umarov
Boshqa bir postida esa uni soʻnggi paytlarda koʻp komedik loyihalarga taklif etayotganlarini va Amirxon Umarov ularning barchasiga rad javobini berayotganini maʼlum qilgan.
«Aytsam tilim, aytmasam dilim ? So’nggi paytlar faqat komediya yo’nalishidagi loyihalarga mehmon sifatida taklif qilishyapti. Qayta-qayta rad javobini aytayotganimdan juda hijolatdaman. “Aytilgan joyga bormaslik beodoblik” deb yoshligimdan uqtirishgan. Qo’shni kanallardagi hazil aralash ko’rsatuvlar taklif qilishganida bir vaqtlar bordim. Lekin, u yerda tushunganim bitta jihat bo’ldi: umuman men uchun emas bunday loyihalar! Bir kulib bersang uni turli rakursdan olib har bir hazilga qayta-qayta qo’yilganini ko’rib hayratlanishdan boshqa ilojing yoʻq. Suratga olish paytida umuman senga yoqmagan hazilga ham montaj kuchi bilan tirjayib oʻtiraverasan efirda. Bu yolgʻonchilik aslida! Tomoshabin ham har narsaga kulaverarkan-da deb o’ylashi aniq… Ayrim hamkasblarimiz hazil bilan mazax qilishni farqiga bormasligi ham oydinlashdi men uchun. Kimnidir boshqacha taklif bilan chaqirib, oldindan tayyorlangan masxaranomuz gaplarni “improvizatsiya qildik” deb tomoshabin mehrini qozonishni o’ylashlari achinarli aslida! Yana bir narsa: hazil toifa ko’rsatuvlarda yaxshi ssenaristlar juda kamligi ham rost gap. Yaxshi kayfiyatda intervyu qilamiz deb yemagan hazil savollarni beradiganlarni ham tushunmayman. Balki hamma muammo o’zimdadir. Xullas, bir so’z bilan hazil aralash loyihalarda ishtirok etish xohishim yo’q #avfeting» – Amirxon Umarov
Taniqli boshlovchi Amirxon Umarov shu vaqtga qadar bir qancha loyihalarning asoschisi va “Amirxon Umarov shousi” nomli koʻrsatuvning muallifi hisoblanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi