Jahon

Mushuk televideniye ko‘rsatuvini to‘xtatib qo‘ydi

photo 298

Loading

Gruziyaning “Kavkaziya” telekompaniyasi mamlakatdagi siyosiy vaziyatni muhokama qilayotgan paytda jonli efirda tasodifan mushuk paydo bo‘ldi.


Bu videolavha bir zumda ijtimoiy tarmoqqa tarqaldi. Boshlovchi Devid Akubardiya siyosatchi Gedevan Popxadze tashrif buyurgan dastur mavzusini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Akubardiyaning so‘zlariga ko‘ra, mushukni XIX asr oxiri — XX asr birinchi yarmida yashab o‘tgan qo‘mondon Kayxosro Cholokashvili sharafiga “Kakutsa”, deb nomlashgan.

“Kakutsa, stoldan tush”, — dedi boshlovchi mushukka. Mushuk esa chaqiriqqa hech qanday munosabat bildirmadi. Shundan keyin teleboshlovchi yana bir necha bor jonivordan studiyani bo‘shatib qo‘yishini so‘rashga majbur bo‘ldi.

Qisqa tanaffusdan so‘ng jonli efir odatdagidek davom etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.