Mashhurlar

“Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari 10 yilda qanday oʻzgardi?

photo 335

Loading

Serial 4 mavsumni oʻz ichiga oladi.

Dunyo boʻylab millionlab muxlislarni topgan, Turkiyaning tarixiy yoʻnalishda ishlangan seriallaridan biri “Muhtasham yuz yil” serialida rol ijro etgan mashhur aktyor va aktrisalar hozir qanday koʻrinishda ekanligi suratlarda aks etgan.

Maryam Uzerli — Hurram sulton

photo 02 90

Taniqli turk aktrisasi Maryam Uzerli 2011-yilda “Muhtasham yuz yil” serialida bosh rollardan biri Sulton Sulaymonning rafiqasi Hurram Sulton obrazini gavdalantirgan. U serial oxiriga yetmasdan oʻz vatani Germaniyaga uchib ketgan va shu yerda muammoli vaziyat yuzaga keldi. Mish-mishlar markazida turadigan aktrisa “Muhtasham yuz yil” serialidan tashqari “Kecha malikasi”, “Jingez Rejay”, “Boshqa tomon”, “Onamning yarasi” filmlarida rol ijro etgan.

Halit Ergench — Sulton Sulaymon

photo 01 90

Dunyoga mashhur turk aktyori Halit Ergench “Muhtasham yuz yil” serialida bosh qahramon Sulton Sulaymon tarixiy obrazini ijro etgan. Aktyor “Birinchi sevgi”, “Mehmon”, “Bobil” va bir qator boshqa filmlarda suratga tushgan. Biroq hech bir ijrosi “Muhtasham yuz yil” serialidek omadli chiqmagan.

Nebahat Chehre — Volida Sulton

photo 04 61

Aktrisa Nebahat Chehre “Muhtasham yuz yil” serialida Valide Sulton obrazini gavdalantirgan. Aktrisa “Qonli yanvar”, “Gulim”, filmlari va “Agentimga qoʻngʻiroq qiling” serialidagi ijrosi uchun bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Pelin Karaxan — Mehrimoh Sulton

photo 07 22

“Muhatasham yuz yil” serialida Sulton Sulaymonning qizi rolini gavdalantirgan mashhur turk aktrisasi Pelin Karaxan aktrisalikdan tashqari dizaynerlik bilan ham shugʻullanadi. Aktrisa serialdan tashqari “Moviy kapalaklar”, “Orzudagilar”, “Yetarli” filmlarida rol ijro etgan.

Nur Fettahoʻgʻlu — Mohidavron sulton

photo 09 13

Serialda Mohidavron Sulton rolini ijro etgan jozibador aktrisa Nur Fettahoʻgʻlu modellikda ham faoliyat yuritadi. U Turkiyadagi eng yaxshi aktrisalar roʻyxatiga kiritilgan. Nur Fettahoʻgʻlu “Bobil”, “Opa-singillar”, “Kassir” kabi filmlarda suratga tushgan.

Selma Ergech — Xadicha Sulton

photo 08 16

Taniqli turk aktrisasi Selma Ergech ushbu serialdan tashqari bir qator filmlarda surtaga tushgan. Uning ijrosidagi “Osiyo” seriali va “Ovoz”, “Yarimta olma”, “Sening tarixing” filmlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.

Ezgi Eyyuboʻgʻlu — Aybige xatun

photo 06 33

Dunyoga mashhur turk aktrisasi va model Ezgi Eyyuboʻgʻlu “Mening doʻstim 2”, “Baxtning ismi”, “Tashkilot” va bir qancha filmlarda ishtirok etgan. Aktrisa modellik boʻyicha bir qancha xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Burju Oʻzberk — Xuridjahon Sulton

photo 05 41

Aktrisa Burju Oʻzberk “Gunesh qizlari” serialidagi roli uchun “Turkiyaning eng yaxshi aktrisasi” mukofotini olgan. U filmlarda koʻp rol oʻynamagan boʻlsa ham seriallarda yaxshi ijrolarning sohibasi hisoblanadi. “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xuridjahon Sulton obrazi ham shunday ijrolari sirasiga kiradi.

Burak Oʻzchivit — Malkochoʻgʻlu Bali-bey

photo 03 83

Oʻzining bir qator ijrolari bilan taniqli boʻlgan turk aktyori Burak Oʻzchivit bu serialdan tashqari bir qator film va seriallarda rol oʻynagan. Uning ijrosidagi “Sevgi iztirobi”, “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi” seriallari va “Aka-uka”, “Aka-uka 2” filmlari nafaqat Turkiyada, balki dunyoning boshqa davlatlarida ham mashhur boʻlgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.