Buxoro yangiliklari

“Bukhara City” da eronlik investorlar to‘liq ta’sischiligidagi zamonaviy turar-joy kompleksi uchun tamal toshi qo‘yildi

photo 03 89

Loading

Shaharsozlikning noyob va o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida bunyod qilinayotgan “Bukhara City” zamonaviy turar joy va ishbilarmonlik markazida bugun, 16 iyul kuni eronlik investorlar tomonidan bunyod etilishi kutilayotgan turar-joy inshooti qurilishi boshlanishi uchun unga tamal toshi sifatida vaqt kapsulasini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Sadaf House» MCHJ ta’sischiligidagi 35-lot binosining tamal toshini qo‘yish tadbirida “Bukhara City” direksiyasi rahbariyati va mutasaddilari, Buxoro shahar soliq sektori mas’ullari, loyiha tashabbuskorlari hamda quruvchi-pudratchi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, mutasaddilar e’tibori ayni paytda “Bukhara City” dagi murakkab va noan’anaviy qurilish yechimlari bo‘yicha fikr-mulohazalarga qaratilib, lot doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda loyihaning o‘z vaqtida va mukammal darajada yakunlanishi bo‘yicha fikrlashib oldilar.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy qurilish maydoni 10 ming 362 kvadratni tashkil etgan 35-lot 7 va 9 qavatdan iborat bo‘lib, pastki qavatlari savdo-maishiy, yuqori qismi esa aholi istiqomat qilishiga mo‘ljallangan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.