Buxoro yangiliklari

Buxoroda 1 250 o‘rinli terrassalar quriladi

photo 361

Loading

So‘nggi yillarda turizm sohasi iqtisodiyotimizga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biriga aylangani hech kimga sir emas. Xususan, ko‘hna va boqiy Buxoro bu sohada yetakchi qatorlarda bo’lishga ulgurdi. Ko’hna kent yildan-yilga xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga jalb etib, xizmatlar sohasida noodatiy va kreativ yondashib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 7-iyun kuni “Xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida, xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda terrasalardan keng foydalanish bo‘yicha, Buxoro tajribasini 28 ta shahar, barcha tuman markazlari hamda poytaxt tumanlarida joriy qilishni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda, Buxoro shahridagi 28 ta mehmonxona va restoranlarning tom qismida ochiq terrasaga ega, 2 420 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan ovqatlanish shaxobchalari tashkil qilingan.

Bu yangicha yo‘nalishga mahalliy va xorijiy sayyohlar birdek yuqori qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Buxoro shahridagi 2022-yil yakuniga qadar, yangi qurilayotgan 11 ta loyihalarning tom qismida, umumiy ovqatlanish uchun mo‘ljallangan 1 250 o‘rinli milliy hamda yevropacha uslubdagi ochiq terrasalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mazkur loyihalar doimiy monitoring qilinib, tadbirkorlarga zaruriy tavsiya va ko‘nikmalar berib kelinmoqda.

[metaslider id=3682 cssclass=»»]

Bu kabi terrasalarni barcha viloyatlarda joriy qilish, kelgusida hudud iqtisodiyoti va turizm sohasi rivojiga xizmat qiladi hamda sayyohlarga ochiq osmon ostidagi tarixiy shaharlarimizni tomosha qilish va milliy taomlarimizdan bahramand bo’lib, hordiq chiqarish imkonini yaratadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.