Buxoro yangiliklari
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishiga havoning keskin isib ketishi qanday ta’sir qildi?
Havo harorati keskin ko‘tarilganligi sababli, ayni kunlarda «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ hududidagi sig‘imlarda qo‘shimcha sovutish ishlari olib borilib, mavjud mahsulotlar 85% dan kam saqlanishiga etibor qaratilmoqda.
Neft mahsulotlarini quyish, to‘kish ishlari havo harorati pasaygan vaqtlarda amalga oshirilmoqda. Favqulodda to‘kish talab qilinganda esa yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmalari tomonidan sovutish ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasinin nirinchi prezidenti islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodi hozirda 24 yoshda. «TEKNIP» franuz kompaniyasining loyihalari asosida qurilgan mazkur zavodning texnologik jarayonini shakllantirish uchun Fransiyaning Neft Instituti, “Merikem” Amerika kompaniyasi va Gollandiyaning “Komprimo” litsenziyalari ishlatilgan.
Zavod yiliga 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega.
Ushbu turdagi benzin, aviatsiya kerosini, dizel yoqilg‘isi, uglevodorod eritmasi, yoqilg‘i, suyultirilgan gaz, oltingugurt kabi mahsulotlarning talabi juda ko‘p. Bu yerda mahsulot sifatini oshirish, uni jahon standartlariga moslashtirishga qaratilgan dasturlar asosida “AI-91” va “AI-95” yuqori oktanli benzinli brendlarni takomillashtirish texnologiyasi o‘zlashtirildi.
Yana bir yaxshilanish ekologik jihatdan qulay va past haroratga chidamli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni sozlash edi. Bundan tashqari, yaqinda “Boing” va “Aerobus” samolyotlariga mo‘ljallangan «Djet-A-1» yoqilg‘isi ishlab chiqarila boshlandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi