Buxoro yangiliklari
Vobkentlik yoshlarning 50 nafari ishga joylashtirildi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirishva muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamkorligida Vobkent tumanida “Professional kasb-hunar ta’limi muassasalarida xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish” mavzusida hududiy o‘quv–amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkilotchilar, vazirlik huzuridagi o‘quv-amaliy ustaxonalari mutaxassislari, ilg‘or o‘quvchilar, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mas’ullari, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va ular o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminari qatnashchilari professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan o‘quv amaliyotlarida xom ashyodan yaratilgan tayyor mahsulotlar “shouroom” ko‘rgazmaci bilan yaqindan tanishib, kasb-hunarli bo‘layotgan yigit-qizlar faoliyatiga baho berdilar.
Yoshlar bandligini ta’minlashning o‘ziga xos ko‘rinishiga aylangan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov ham so‘zga chiqib, ayni kunda jumladan, Buxoroda yoshlar ijtimoiy muammolarini hal qilishning tizimli chora-tadbirlari, chekka qishloq va mahallalarda daromadsiz qolayotgan yoshlarni o‘zlari istagan sohalar bo‘yicha kasb-korli qilishga bo‘lgan e’tiborni oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan sa’y-harakat xususida to‘xtaldi.
O‘quv–amaliy seminarining yoshlar uchun foydasi, shu kuni mahalliy yigit-qizlardan 50 nafarga yaqini Vobkent tumani markazidagi “G’ayrat Ekvatorial Chodak” MCHJ tikuv fabrikasiga ishga joylashtirilib, ular bilan tegishli mehnat shartnomalari imzolandi. Bu yoshlar Vobkent tumanining 1- va 2-sonli kasb-hunar maktablarida ikki yil mutaxassislik ko‘nikmalarini egallab, so‘ng daromadli ishga joylashishdi. Ular orasida Kosari qishlog‘idan Dilorom Gʻiyosova, Rosbadan qishlog‘idan Mohina Jabborova, So‘filar qishlog‘idan Hilola Rajabova, Quruvchi mahallasidan Umida Karimova, Vobkent mahallasidan Nilufar Kamolova, Cho‘rikalon qishlog‘idan Shahrinoz Safarova singari tikuvchi chevarlar bor.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi