Mashhurlar
Mitti vayner Erali hozirda oylik daromadi qanchaligini maʼlum qildi
Vayner Erali Boyqobilov YouTubeʻdagi “Yashin TV” loyihasiga bergan intervyusida hozirda oyiga qancha daromad topishini maʼlum qildi.
Erali Boyqobilov oldin oyiga $10 000 topishini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda bu summa oshgan. Vayner hozirda 1 oylik daromadi 200 000 000 soʻmni tashkil qilishini aytdi. Aktyor oʻzining oshxonasini ochgan. Undan keladigan barcha mablagʻ oʻzinikiligini taʼkidladi. Shuningdek, vayner kiyimlarini maxsus buyurtma beradi. Erali yaqinda $2 000 ga kostyum-shim tiktirgan.
“Men daromadimdan kiyimlar uchun koʻp ishlataman. Mening kiyimlarim buyurtma asosida tikiladi. Oʻlchamimni topish juda qiyin. Shuning uchun buyurtma asosida keladi. Yaqinda 2 000 dollarga kostyum-shim tiktirdim. Oldin oyiga 100 million soʻm topardim. Hozir u 200 million soʻmga oshgan. Oʻzimning biznesim bor. Qoʻlimda 70 nafar kishi ishlaydi. Yaqinda 1 ta oshxona ochdim. Undan keladigan daromad meniki”, — deydi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Erali Boyqobilovning prodyuseri vayner endilikda qoʻshiq ham aytishini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Erali qoʻshiq kuylashni boshlaydi. Bunga sabab esa toʻylarda unga boʻlgan talabning kuchliligi. Shu paytgacha Erali toʻy xizmatlariga borib faqatgina tabriklab kelgan. Endi esa u uchun 3-4 ta qoʻshiq yozilyapti. Ular tayyor boʻlgach, vayner tabrik bilan cheklanmaydi va qoʻshiq ham aytadi.
“Bitta zoʻr yangiligimiz bor. Buni hali hech qayerda aytmaganmiz. Biz Eraliga 3-4 ta qoʻshiq ayttirmoqchimiz. Chunki unga talab koʻp tushyapti. Koʻp toʻylarga chaqirishadi. U yerga borib tabriklashdan boshqa hech nima boʻlmayapti. Oʻzining isteʼdodi bor. Bir nechta shoirlar bizga sheʼr joʻnatgan. Shularni kompozitorga olib borganmiz. Hozirda yangi qoʻshiq ustida ish olib borilyapti. Keyin toʻylarda faqat tabriklab kelmaydi qoʻshiq ham aytadi. Abduroziq bilan duet qilsa ham boʻladi”, — deydi prodyuser.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi