Buxoro yangiliklari
Kogonlik sportchi V Islom birdamlik o‘yinlarida qatnashadi
Joriy yilning 9-avgustda 15-avgustga qadar Turkiya davlatining Kenya shahrida bo‘lib o‘tadigan V Islom birdamlik o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 12-iyul kunidan boshlab Gruziyaning Dusheti shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘inda ishtirok etuvchi milliy terma jamoa a’zolari tarkibida Kogon tuman sport maktabi o‘quvchisi Jamol Jumaboyev ham -72 kg vazn toifasida mashg‘ulotlarda ishtirok etayapti.
Ma’lumot uchun, yunon-rum kurashi — ikki kishi (sportchi) ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvidir. Musobaqalar diametri 9 m (oʻlchami 12×12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg vazn toifasida kurashadilar.
Musobaqalashish vaqti 2 daqiqadan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus esa 30 soniyani tashkil etadi. Bunda erkin kurashdan farqli ravishda raqiblarning oyoq qismidan ushlab usullar bajarishiga ruxsat etilmaydi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3 va 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniklanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1-, 2-davrada ketma-ket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokor qaroriga koʻra, olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.
Qadimiy koʻp xalqlarning milliy kurash turlarida zamonaviy yunon-rum kurashida qoʻllaniladigan usullar boʻlgan. Misrdagi m. a. 260-yillarga oid yodgorlik toshlaridagi suratlarda hozirgi yunon-rum kurashi usulida olishayotgan polvonlar aks ettirilgan. Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga m. a. 708-yildan boshlab yunon-rum kurashiga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Rimda m. a. 284-yildan yunon-rum kurashini eslatadigan musobaqalar oʻtkazilgan.
Bu sport turining zamonaviy qoidalari XIX asr boshlarida Fransiyada ishlab chiqilgan va shu qoidalar asosida Parijda 1848-yilda ochilgan kurash zalida musobaqalar tashkil qilish anʼanaga aylangan. Unda Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan polvonlar ham ishtirok etishgan.
Yunon-rum kurashi musobaqalari 1896-yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan va oʻsha yildan Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi taklifiga koʻra, rasman yunon-rum kurashi deb atala boshlangan. Bu boʻyicha 1904-yildan professional (1950-yildan havaskor) kurashchilar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Yunon-rum kurashi va erkin kurash turlarini rivojlantirish maqsadida 1912-yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (GPA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992-yildan) aʼzo hisoblanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi