Maşhurlar

Shohruh Hamdamov “zapret” ga tushganini maʼlum qildi

photo 406

Loading

Aktyor Shohruh Hamdamov Instagram sahifasida “zapret”ga tushganini maʼlum qildi.

Shohruh Hamdamov 2014 yildan buyon davlat buyurtmasi asosidagi 20 dan ortiq filmda suratga tushgan. Aktyor shunday imkon bergani uchun ustozlariga rahmat aytgan. Biroq u ogʻzaki “zapret”ga tushgan. Aktyor buning sababini bilmaydi. U har bir aktyorning boshida bu kabi kunlar borligini taʼkidladi.

“Bu videomurojaatimni sizlarga va ʻOʻzbekkinoʻ agentligida ishlayotgan ayrim ijodkorlarga yoʻllamoqchiman. Men 2014 yildan beri 20 dan ortiq davlat buyurtmasi asosidagi filmlarda suratga tushdim. Shunday imkon bergan ustozlarim va ijodkorlarga katta rahmat. Hozirgi gaplarga qaraganda meni ogʻzaki ʻzapretʻ qilishibdi. Eshitib hayron qoldim. Bir tomondan har bir aktyorning boshida bunday kunlar bor. Aniq sababini aytishmayapti. Rejissyorlar qoʻngʻiroq qilib, ʻNima uchundir seni kinoga qoʻyishmayaptiʻ, dedi. Har bir sohada dushman boʻlgani kabi bu sohada ham kam emas. Bir aktyor ish faoliyatini toʻxtatgani bilan kino toʻxtab qolmaydi. Maʼlum bir vaqtgacha ʻOʻzbekkinoʻda suratga tushishni toʻxtatdim. Kinoga chiqmayotganim haqida directʼda juda koʻp savollar boʻlardi. Eng sabablaridan biri shu boʻlardi”, — deydi u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.