Maşhurlar

Elyorbek Meliboyev ismini o‘zgartiradimi? – video

photo 418

Loading

“Artist” loyihasi orqali tanilgan Elyorbek Meliboyev “Omon-omon” koʻrsatuviga bergan intervyusida ismini oʻzgartirishi va buning sababini aytdi.

U kelajakda gitarachilardan tashkil topgan guruh tuzishni reja qilgan. Xonanda unga “Elda band” deb nom berishini aytdi. Elyorbek Meliboyev nega aynan shunday nomlamoqchiligini ham maʼlum qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, yoshligida onasi uni shunday chaqirgan. Oʻsha vaqtda xonanda mashhur boʻlib ketganida shu nomdan taxallus sifatida foydalanishini aytgan.

“Gitaradan tashkil topgan guruh tuzish niyatim bor. Unga ʻElda bandʻ deb nom qoʻymoqchiman. ʻEldaʻ deb nomlashimning sababi, yoshligimda onam erkalatib shunday chaqirgani. Oʻsha payti ʻOna bir kun mashhur boʻlsam, mening taxallusim ʻEldaʻ boʻladiʻ, deganman”, — deydi u.

Video:

Shuningdek, Elyorbek Meliboyev uni mashhur rus qoʻshiqchisi Aleksandr Ribakka oʻxshatishlarini aytdi. Koʻrsatuv boshlovchisi esa uni “Barselona” klubi aʼzosi De Yongga oʻxshatgan. Xonanda esa yuz tuzilishi u bilan oʻxshab ketishini taʼkidlagan.

“Koʻpchilik meni Aleksandr Ribakka oʻxshatadi. Yuz tuzilishim De Yongga oʻxshar ekan”, — deydi xonanda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Munisa Rizayeva Elyorbek Meliboyev hamda Hojiakbar Roʻzmetov yulduzlik kasalligiga chalinganini aytgandi. Aktrisa aynan shu loyihadagi Hojiakbar va Elyor istagan paytda repetitsiyaga kelib, istamasa kelmayotganini aytdi. Xonanda oʻzi bir qator xitlar yaratgan boʻlsa ham hech kimga bunday munosabatda boʻlmagan. U baʼzilar uchun koʻtarilish va tushish osonligi, muhimi esa oʻsha oʻrinni saqlab qolishligini taʼkidladi.

“Men hamma ishlarimni yigʻishtirib sizlarga vaqtimni ajrataman. Soat nechchida boʻlsa ham kelaman, xabarlarga javob beraman. Undan keyin qarasam, Hojiakbar bilan Elyorbek xohlasa repetitsiyaga keladi, xohlasa xabarlarga javob beradi, xohlasa qoʻngʻiroqqa javob beradi. Rejissyor va tashkilotchilar shularga yalinadi. Siz bitta qoʻshiqni xit qilib maza qilib yuribsiz. Hojiakbar hech qachon bunday qilma. Bugun zoʻrsan, ertaga hech kimsan. Shuni hech qachon esingdan chiqarma. Kimdir uchun koʻtarilish va tushish oson lekin uni ushlab turish qiyin. Men nechta xit aytsam ham hech qachon oʻzimni bunday tutmaganman”, — deydi u.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.