Buxoro yangiliklari
Prezidentning Buxoroga tashrifi yaqinmi?
Kuni kecha buxorolik faol bloger Sherzod Kamalov Telegram’dagi o‘zining shaxsiy blogida prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga kutilayotgan tashrifi haqida xabar joylashtirdi. Unda keltirilishicha, davlatimiz rahbari joriy yilning 15-avgustidan 20-avgustigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoroga kelishi rejalashtirilgan.
Shu ondayoq mazkur xabarga tayanib, ijtimoiy tarmoqlarning bir qancha foydalanuvchilari, Telegram va Facebook’dagi guruhlar administratorlari ham shu mazmundagi postlarni joylashtira ketdi va yangilik buxoroliklar orasida keng tarqaldi.
Biroz muddat o‘tib esa Buxoro viloyati hokimining Matbuot kotibi Olim Jo‘rayev ham o‘z Telegram-kanalida xabarga munosabat bildirdi. Quyida uni to‘laligicha keltirib o‘tamiz:
«Telegram’dagi KamolovSher kanalida “15-20 avgust kunlari Buxoro viloyatiga davlat rahbarining tashrifi kutilmoqda ekan” izohi ostidagi xabar paydo bo‘ldi. Bu xabar hech qanday asoslarga ega emas.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday asossiz, yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz».
Bundan anglash mumkinki, prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi yaqin orada rejalashtirilmagan.
Shuningdek, viloyat hokimi Botir Zaripovning matbuot kotibi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolgan.
Bunga shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, Sh. Mirziyoyevning Buxoroga o‘tgan yilgi tashrifi 21-yanvar kuni bo‘lgan va unda prezident viloyat agrosanoat, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot sohalaridagi korxonalar, shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgan edi.
Biz ham shuni eslatib o‘tishni lozim topdikki, mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning rejalashtirilayotgan tashrifi, prezident bilan bog‘liq barcha aniq va ishonchli ma’lumotlarni faqatgina internetdagi president.uz yoki press-service.uz web-saytlari orqali olishingiz mumkin.
Va albatta, Buxorodagi eng so‘nggi va dolzarb yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentiligidan 1394 raqami bilan rasmiy Internet OAV sifatida 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan buxoroisharif.uz saytimizga har kuni tashrif buyurishni yoki Telegram’da @buxoroisharifuz bizni kuzatib borishni tavsiya qilamiz. Bizda faqat asosiy xabarlar!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi