Buxoro yangiliklari

Hindistondagi mashhur tibbiyot markazi shifokorlari Buxoroga keladi (-mi?)

photo 423

Loading

Shu kunlarda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev, Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Toxirov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alijon Yaxshiyev va boshqa mas’ullardan iborat viloyat delegatsiyasi Hindiston davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturidagi navbatdagi tadbir jahon darajasidagi infratuzilma, tajribali jarrohlar, shifokorlar va hamshiralar jamoasi bilan tanilgan mukammal tibbiyot markazi – Sanar xalqaro kasalxonalari (Sanar internationals hospitals) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, 2018-yilda Naresh Kapur tomonidan asos solingan Sanar xalqaro kasalxonalari (Sanar internationals hospitals) ilg‘or texnologiyalar, inson kapitali va uzluksiz xizmatdan foydalangan holda saraton, yurak, qon va ilik transplantasiyasi, o‘pka, jigar va nevrologiya kabi mutaxassisliklar bo‘yicha keng qamrovli ilg‘or jarrohlik yordamini ko‘rsatuvchi yirik tibbiyot klasteri hisoblanadi.

photo 01 118

Muloqot davomida nafaqat mahalliy, balki boshqa mamlakatlardagi bemorlar tanloviga aylangan tibbiyot markazi tajribasini, raqamlashtirish texnologiyalarini Buxoro viloyatida ham joriy etish istiqbollari muhokama etildi.

photo 02 130

Markazning malakali professor-o‘qituvchilarining muntazam ravishda Buxoro viloyatidagi tibbiy klinik va maslahat kengashlarida qatnashishi bo‘yicha kelishuvga erishildi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.