Islom
Jannat ahli qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannatga kiradigan birinchi guruh (boshqa bir rivoyatda: «Ummatimning bir guruhi», deyilgan) Badr kechasidagi to‘lin oy yanglig‘ bo‘ladi. So‘ng ulardan keyingilari osmonda nur sochib turgan charaqlagan yulduz kabi bo‘ladi. (Yana bir rivoyatda: «So‘ng bundan keyin darajalar bo‘ladi», deyilgan). Ular u yerda bavl qilmaydilar, axlat chiqarmaydilar, tuflamaydilar, burun qoqmaydilar. Taroqlari oltin, tuproqlari mushk, juftlari hurlardir.
Boshqa rivoyatda:
«Ulardan har birining ikkitadan jufti bor, go‘zalliklaridan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi. Ular o‘rtasida ixtilof, bir-birlarini yomon ko‘rish bo‘lmaydi. Ularning qalblari bir qalbdek, ertayu kech Allohga tasbeh aytadilar», deyilgan.
Muslim rivoyati:
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat ahlidan bo‘lgan ayol (shunchalik go‘zalki) boldirining oqligi yetmishta ziynat ortidan ham bilinib turadi, hatto iligi ham ko‘rinadi. Bu hol Alloh taolo aytganidekdir: «Ular (ya’ni, hurlar soflik va oqliqda) go‘yoki yoqut va marjonlardir». (Rahmon surasi, 58-oyat).
Chunki yoqut shunday toshki, agar uning orasidan ip o‘tkazsang, sofligidan u ip ko‘rinib turadi».
Termiziy rivoyati:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat ahli soqolsiz, ko‘zlari tim qora bo‘ladi. Ularning yoshligi ketmaydi (ya’ni, qarimaydilar) va kiyimlari ham eskirmaydi».
Termiziy rivoyati:
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kishi yosh o‘ladimi, qari o‘ladimi, jannatda o‘ttiz yoshda bo‘ladi, undan oshmaydi, kamaymaydi ham. Do‘zax ahliniki ham shunday bo‘ladi».
Jannat ahliga berilajak ne’matlar, kiyimlar ularning avratlarini yopishga muhtojliklari uchun emas, ularning yeb-ichish, taomlari ochlikdan emas, sharob, may kabilar chanqoq sababli emas, xushbo‘y tutatqilar tutatilishi ham ularning yoqimsiz hidli bo‘lishidan emas. Balki bularning hammasi doimiy lazzat, uzluksiz ne’matdir. Alloh taolo Odam alayhissalomga aytgan so‘zni eslang: «Shubhasiz, sen u joyda (ya’ni, jannatda) och-yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham (issiqdan qiynalib ham) qolmaysan» (Toho surasi, 118 – 119-oyatlar).
Buning hikmati shuki, Alloh taolo jannat egalarini jannatda dunyoda ne’matlantirmagan ne’matlar bilan ne’matlantiradi va ularga O‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan narsalarni ziyoda qilib beradi.
Ibn Muborak aytadilar: «Bizga Said ibn Abu Ayyub Uqayl ibn Shihobdan ushbu hadisni aytdi: «Jannat ahlining tili arabcha, qabrdan chiqqanlarida suryoniy bo‘ladi».
Sufyon aytadi: «Bizlarga yetdiki, insonlar qiyomat kuni jannatga kirishlaridan oldin suryoniy tilida gapiradi. Jannatga kirganlaridan keyin arab tilida so‘zlashadilar».
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi