Maşhurlar

Dilfuza Ismoilova koʻzi ojiz muxlisining toʻyida unga hadya berdi

photo 446

Loading

Aktrisa, xonanda Dilfuza Ismoilova Instagram sahifasida koʻzi ojiz muxlisining toʻyida unga hadya bergani aks etgan videoni eʼlon qildi.

Xonanda toʻyonani kuyovga bergan. Dilfuza Ismoilova unga pul bergan va kelinga tilla taqinchoq olib berishini tayinlagan. Videoda kelin koʻziga qora koʻyoynak taqib olganini koʻrish mumkin. Shuningdek, aktrisa yosh juftlikka baxt qilagan. Dilfuza Ismoilova ular farzandli boʻlganda, beshik toʻyini toʻyona sifatida oʻtkazib berishini ham aytgan.

“Mana shu toʻyonani olib qoʻyib, kelinimga tilla taqinchoq olib berasiz. Allohim farzandlar berganda, beshik toʻyi mendan toʻyona boʻladi”, — deydi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Dilfuza Ismoilovaning dugonasi unga “Mercedes” sovgʻa qilgandi. Xonandaga oq rangli “Mercedes-Benz GLS-Class 2019” sovgʻa qilingan. Uning Oʻzbekistondagi narxi $127 000 dan $214 000 atrofida boʻladi. Aktrisa bunday sovgʻadan hayratdaligini taʼkidlagan. Shuningdek, videoda Dilfuza Ismoilovaning syurprizdan qay darajada xursand boʻlgani va mashina sovgʻa qilgan dugonasini ham koʻrish mumkin.

“Bu mashinani menga doʻstim sovgʻa qilgan. Rostini aytsam, men haligacha bunday sovgʻadan hayratdaman. Qanday yaxshi odamlar borligini koʻring. Katta rahmat”, — dedi u.

Shuningdek, Yulduz Usmonova 5 qizdan soʻng oʻgʻil koʻrgan muxlisiga tilla sovgʻa qilgandi. Xonanda 5 qizdan soʻng oʻgʻil koʻrgan oilaning uyiga xizmatga borgan. Shunda ular bilan yaqindan tanishgan. Oilaning har bir qizi bilan suhbatlashgan. Keyin esa oʻgʻil farzand koʻrgan onani qoʻshiq kuylayotgan joyiga olib chiqqan va uni tabriklagan. Shunda xonanda unga tilla bilaguzuk sovgʻa qilgan

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.