Mashhurlar
Feruza Sobitova marhum otasi bilan aloqasi nega yaxshi boʻlmaganini ochiqladi
Aktrisa Feruza Sobitova YouTubeʻdagi “Chotki TV” loyihasiga bergan intervyusida otasi bilan aloqasi yaxshi boʻlmagani haqida gapirib berdi.
Uning otasi 2009 yilda insult oqibatida vafot etgan. Aktrisa otasi oddiy va koʻngli ochiq inson boʻlganinin taʼkidladi. Feruza Sobitova oʻqishga kirishni istagan, biroq otasi bunga qarshi boʻlgan. Aktrisaning otasi qizi turmushga chiqib, chiroyli oilaning bekasi boʻlishini istagan. Shu sababli ularning orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Feruza Sobitova oʻsha vaqtda otasi bilan gaplashmay qoʻygan. Aktrisa bu ishidan pushaymonligini ham taʼkidlagan.
«Otam 2009 yilda vafot etdi. Erkak kishi koʻp siqiladi. Siqilgan payti ichiga oladi. Shundan insult boʻldi. Otam oddiy inson boʻlgan. Velosiped haydardi. Ismi Joʻra edi. Juda koʻngli ochiq, koʻk koʻzli inson edi. ʻQizim, ketma. Biz bilan qolʻ, derdi. Shunda ʻMenga bir imkon bering. Agar oʻqishga kirolmasam, qaytib kelaman va meni turmushga berasizʻ, deganman. Otam boshida qattiqqoʻllik qildi. Meni ruhan qiynadi. Oʻsha payti uni tushunmaganman va gaplashmay qoʻyganman.
Har oʻqishdan qaytganimda, pul ham, mahsulot ham bermasdi. Menimcha, oʻsha payti otam ʻQiynalsa, qaytib keladiʻ, deb oʻylagan. Qaytib kelishimni xohlagani uchun shu ishni qilgan. Otam ajrashishimga ham qarshi boʻlgan. ʻBu mening hayotim. Aralashmang. Siz turmushga chiqishimni xohlaganingiz uchun shunday qildimʻ, deganman. Oradan vaqt oʻtib, hamma qilgan ishi uchun pushaymon boʻladi. Otam bilan koʻp bora bir-birimizni tushunmadik. Men qiz boʻla boʻlganim uchun u mening turmushga chiqib, chiroyli oilaning bekasi boʻlishimni xohlagan. Otam shu kunlarni koʻrmaganiga afsusdaman. Hozir men bilan fahrlanib yurardi», — deydi aktrisa.
Video:
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi